O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet180/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Ichki axborotlar tizimi korxona faoliyati va holatining har xil tomonlarini aks ettiruvchi ma‘lumotlarga ega bo'ladi.
yangi texnologiyalar
globallashuv
davlat tomonidan boshqaruv
xususiylashtirish
istemolchilaming bozordagi mavqtlaming oshishi
kastomizatsiya
raqobatning kuchayishi
tannqlar o’rtasida umumiylashuv
chakana savdo transformatsiyasi
vositachilarsiz savdoning rivojlanishi

19.3-rasm. Biznes va marketingdagi ea o'zgarishlar 62
Marketing tadqiqotlarining axborot bazasi uchta tashkil qiluvchilardan iborat:

  • tovarlar va xizmatlar bozori;

  • ishlab chiqarish sohasi;

  • tashqi makromuhit.

Bu manbalardan har biri axborotlarning boshqalardan farqlanuvchi, shaxsiy tizimi bilan ta'riflanadi:

  • Tadqiqotlarni o'tkazishning qiymati va bu maqsadlarga ajratilgan mablag'lar;

  • Tadqiqotlarni o'tkazishda tajribali va tegishli malakaga ega mutaxassislarni

jalb etish;

  • Bоzоr infratuzilmasidan rivоjlanganlik darajasi;

  • Hisоblash texnikasi vositalari va bоshqa maxsus uskunalarning mavjudligi;

  • Tadqiqоt natijalarining оbyektivligi va maxfiyligini ta'minlash zarurligi.

    1. Axborot tizimlari tizimchalarining ta‘riflari

Marketingning axborot tizimlari o'z ichiga bir necha tizimchalarni oladi. Asosiy tizimchalar quyidagilardan iborat:

  • marketing tadqiqotlari;

  • mahsulotni yaratish;

  • tovarlar va xizmatlarni ilgari surishni tashkil qilish

  • tovar narxini shakllantirish;

Marketing tadqiqotlari. Marketing tadqiqotlarining maqsadi bozor va xaridorlar afzalliklarni o'rganishdan iboratdir. Axborot tizimlarini o'rganish natijalarini tahlil qilish, savolnomalar, uchuvchi eksperimentlar va intervyu berish uchun foydalaniladi. Tashkilot internet saytlarning marketing tadqiqotlaridan haliyam uning mahsulotlarining xaridori bo'lib turgan yoki boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga o'tishi mumkin bo'lgan xaridorlarni aniqlash uchun foydalanishi mumkin.
Buning natijasida mijozni saqlab qolish mumkin. Bundan tashqari, siz nimani xarid qilayotganingizni bilgan holda, bozorning tadqiqoti siz qaerda xarid qilayotganingizni belgilashi mumkin. Bu tegishli reklama va tovarni ilgari siljitish aktsiyalar yordamida yangi mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqishga yordam berishi mumkin. GPS pozitsiyalashtirish tizimlaridan foydalanish bilan marketing firmalari sizning turgan joyingizni bilgan holda, maqsulotni uyali telefonlar va mobil qurilmalar vositasida ilgari siljitishlari mumkin.
Marketing tadqiqotlari bozor va xaridorlarning afzalliklarini o'rganish uchun mo'ljallanganlar. Bu tadqiqotlar asosida tayyorlangan hisobotlar tashkilot uchun bir qator asosiy: nimani ishlab chiqarish, qanday ta‘riflar bilan, idishning turi, qaerda sotish, qanday etkazib berish va boshqalar bo'yicha echimlarga egalar.
Mahsulotni yaratish. Mahsulotni ishlab chiqarish tizimchasi o'z ichiga xom ashyoni tayyor mahsulotga o'zgartirish jarayonini oladi va birincha navbatda mahsulotning jismoniy atributlariga qaratilgan. Mahsulotni yaratish jarayoni u egalik qilishi kerak bo'lgan ta‘riflar asosida amalga oshiriladi. Bunda ko'pgina omillar, shu jumladan ishlab chiqarish quvvatlari, mehnat ko'nikmalari, muxandislik omillari va reklama, hamda sotishni rag'batlantirish hisobga olinadi. Muvofiq variantni tanlash uchun maxsus dasturlar mavjud. Bundan tashqari, bunday dasturlar marketing tadqiqotlar asosida qarorlar qabul qilishga yordam beradilar: tovarlar va xizmatlarga eng katta ehtiyoj bo'lgan joylar aniqlanadi va shunga muvofiq ularni ishlab chiqarish va sotishni joylashtiriladigan nuqtalar haqidagi qarorlar qabul qilinadi. Maqsad - tannarx va qo'shimcha xarajatlarni pasaytirish.
Tovar va xizmatlarni ilgari siljitishni tashkil qilish. Borgan sari ko'proq tashkilotlar tovarlar vaxizmatlarni reklama qilish va sotishuchun internetdan foydalanmoqdalar. Johnson & Johnson bolalar uchun ommaviy losonni ilgari siljitish uchun kengaytirilgan televizion reklama o'rniga internet-multfilmlardan foydalanadi.
Yahoo Koinot brendini ishga tushurdi va aniq mahsulotlarni qiziqishlari bo'yicha har xil guruhlar orasida reklama qilmoqda. Yahoo rahbariyatining ma’lumotlari bo'yicha, —biz belgilangan auditoriya bilan gaplasha olamiz”. Bunday reklamadan maqsad reklama qilinayotgan tovarlar vaxizmatlarning bo'lajak xaridorlari bo'lgan odamlarning aniq guruhlari uchun reklama qilishdir. Kompaniyalar yana TV va internet-reklamalar kabi har xil reklamali yondoshishlarning samaradorligini o'lchashga harakat qiladilar. Toyota marketing bo'limi rahbarini aytiganidek, —biz TVning internetga nisbatan samaradorligini haqiqiy baholashga imkon beruvchi qurolga ega bo'lishni istardik”. Ushbu maqsadlarda kompaniya IAG firmasining ushbu sohadagi tadqiqotlaridan foydalanadi.
Bir necha kompaniyalar, shu jumladan ScanScout (www.scanscout.com) va YuMeNetworks (www.yumenetworks.com), video ko'ruvchilar uchun internetdan video kontent aniq reklama bilan birga olib boradi. IKEA mebelini yaratuvchilar kabi kompaniyalarelektron reklamani yaratish bo'yicha maxsus kompaniyalarni o'zlarining mahsulotlarini internetda ilgari siljishiga ishonch hosil qilish uchun borgan sari ko'proq yo'llamoqdalar. Ba‘zi bir odamlar va kompaniyalar bepul dasturiy ta‘minlash yoki internet servisni olish uchun reklamaga chidashga tayyorlar. Kompaniyalar yana mahsulotlarni reklama qilish uchun internetdagi bloglardan ham foydalanadilar. Mashhur eBayinternet-auksioni tinglovchilarga reklama roliklarini uzatish uchun radio- auksion bilan hamkorlikda ishlaydi.
Tovarlarni bozorda ilgari siljitish va reklama qilish uning samaradorligi bilan o'lchovdosh bo'lishi kerak Shuning uchun har xil tadbirlarga xarajatlar va ular keltiradigan daromadlar ustidan nazoratni amalga oshirish muhimdir.
Tovarlarga narxni shakllantirish. Tovarlarga narxlar-bu marketingning muhim va murakkab vazifalidan yana biridir. Chakana narx, ulgurji narx, chegirmalarga ega narxlar belgilanishlari kerak. Chrysler, masalan, narxni tashkil qilishning murakkab modellaridan foydalanish bilan $500 mln,ga yaqini tejay oldi, ular rag'batlar, moliyalashtirish va boshqa omillarni tahlil qilganlar. Ko'pgina kompaniyalar narx siyosatini sotishlardan umumiy tushumlarni ko'paytirish maqsadida ishlab chiqishga harakat qiladilar. Kompyuterlardan ko'pincha narxlar va umumiy tushumning nisbatlarini tahlil qilish uchun foydalanadilar. An‘anaviy ravishda, rahbarlar xarajatlardan narxni belgilash uchun foydalanadilar. Ular munosib foydaning kafolatini olish uchun oddiygina foydani umumiy tannarxga qo'shadilar. Bugun, ammo, kyproq top-menejerlar narxini belgilash uchun bozorga qaramoqdalar. Bitta holda kompaniya bozorni to'lash uchun tayyorligiga asoslangan tajavvuzkorroq narx siyosatidan foydalangan holda, tushumni taxminan $200 mln.ga ko'paytira olgan.
Tovar narxini shakllantirish narx va ehtiyoj o'rtasidagi nisbatni belgilash asosida amlga oshiriladi. Buning uchun egri talab va taklif, tovarlar, sotuvchilar, xaridorlar, «xarid qilish yoki ishlab chiqarish» so'rovi kesmasidagi tahlil zarur.

    1. Axborot - tijorat faoliyatining predmeti sifatida

Hisoblash texnikasi va aloqa vositalarining keng rivojlanishi katta hajmlardagi va jadallikda axborotlarni yig'ish, saqlash, ishlab chiqish va uzatishga imkon bermokda.
Ko'pincha «axborot marketingi» atamasi ikki xil ma'noda qo'llaniladi. Bir tomondan, u axborotlarni tijorat tamoyili asosida tarqatish bo'yicha marketing tamoyillaridan foydalanishni bildiradi. Boshqa tomondan esa ular ostida ba'zida foydalanuvchilar tomonidan, axborotlarni tijoratli tarqatish bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarning o'zlari tomonidan shaxsiy mahsulotlarini yaratishda va bozorda o'tkaziladigan marketing ishlarining axborot ta'minoti tushuniladi.
Bozor tamoyili sifatida axborot marketingining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • bozorni, talabni, iste'molchilarning didlari va istaklarini sinchiklab, har

tomonlama o'rganish va tahlil qilish;

  • bozorni, talabni, iste'molchilarning didlari va istaklarini sinchiklab, har

tomonlama o'rganish va tahlil qilish;

  • firmalar axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchilar manfaatlarida bozor va talabga ta'sir ko'rsatish.

Axborot marketingining asosiy elementlari quyidagilardan iborat:

  • axborot bozorini tahlil qilish;

  • axborot mahsulotlari va xizmatlarning narxlarini shakllantirish;

  • axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchilar va ularning

  • foydalanuvchilari o'rtasida o'zaro munosabatlarni o'rnatish;

  • xborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchilar va ularning foydalanuvchilari o'rtasida o'zaro munosabatlarni o'rnatish;

  • reklama-targ'ibot tadbirlarni.

    1. Marketing axborot tizimi hisobotlarining turlari

Yuqorida ko'rsatilganidek marketing tadqiqotlarining barcha turlarining kompyuterlashtirilgan tahlili menejerlar tomonidan marketing bo'yicha qarorlar qabul qilinishini qo'llab quvvatlash uchun mumim bo'ladi. Bu maqsadlar uchun hisobotlarning bir necha har xil turlari yaratilishi mumkin. Masalan, sotishlar bo'yicha hisobotlar foydaga ulush qo'shadigan va buni qilmaydigan mahsulotlar, sotuvchilar va mijozlarni belgilash uchun muhimdir. Sotuvchilar bo'yicha hisobot (19.1-jadval) har bir sotuvchining har bir hafta yoki oy uchun umumiy sotishlariga ega. Bu hisobot har bir menejer tomonidan yana qanday mahsulotlar sotilishini ko'rsatish uchun mahsulotlarning turlari bo'yicha taqsimlanishlari mumkin.
Xaridorlar bo'yicha sotishlar hisoboti (19.2-jadval) xaridorlarning xarid qilish qobiliyatining yuqori va pastki darajasini belgilash uchun foydalanilanish mumkin bo'lgan qurol bo'ladi. Mahsulotlarning turlari
bo'yicha hisobot (19.3-jadval) barcha asosiy mahsulotlar va ularni vaqtning ko'rsatilgan davri ichida sotilishlariga ega. Bu hisobot qanday mahsulotlar yaxshi sotiladilar va qandaylarini yaxshilash yoki sotishlardan butunlay olib tashlash kerakligini ko'rsatadi.
Butun jahonda talab va taklif bo'yicha axborotlar ma’lumotlar bazasida saqlanadi, chunki bozor munosabatlari bozorni baholash bo'yicha xuddi shunday axborot ta'minoti jihatdan qo'llab-quvvatlashga zaruriyat tug'iladi. Bu, xususan, hammadan avval yo'ldoshli aloqa, kommunikatsion tizimlari, ma’lumotlarning yirik banklariga qaratilgan global axborot tizimlaridir.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bizning fikrimizga, axborot manbalariga jadal kirishga, ularni olishga, ishlab chiqishga va foydalanuvchi uchun kerakli axborotlarni belgilangan vaqtda va ko'rsatilgan shaklda ishlab chiqishga imkon beruvchi dasturiy-texnik qurilmalar, kommunikatsiyalar, orgtexnika va aloqa vositalaridir.

19.1-rasm. Birlamchi marketing ma‘lumotlarini taqdim etish shakllari

Hisobotlarning quyidagi turlari marketing axborot tizimining chiqishi bo'ladi: - yaratilgan tovar bo'yicha hisobotlar ;

  • tovarlarni sotish;

  • sotish shahobchalarini joylashtirilishining tahlili;

  • talab va taklifning tahlili;

  • tovarlarning turlari bo'yicha sotishlar hisoboti;

  • sotuvchilar bo'yicha hisobotlar;

  • xaridorlar bo'yicha hisobotlar;

  • bozorni tadqiqot qilish bo'yicha hisobotlar.

Chiquvchi hisobotlar yuqorida sanab o'tilgan vazifalardan har birini echish natijasida shakllanadilar va ham taktik darajadagi menejerlar va ham tashkilot rahbariyati tomonidan foydalaniladi.
Hisobotlarning ba‘zi bir turlariga misollarni ko'rib chiqamiz.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling