O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


-boshqaruvning funksiyali mutaxassislari


Download 6.49 Mb.
bet183/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

-boshqaruvning funksiyali mutaxassislari. Ularning mehnat mahsuli boshqaruv axborotlari hisoblanadi. Bu toifa mutaxassislar guruhiga referentlar, iqtisodchilar va hokazolar kiradi;
-mutaxassis-muhandislar. Ular mehnati mahsuli texnika va ishlab chiqarish texnologiyasiga oid konstruktorlik-texnologik yoki loyiha axborotlaridir. Bular - muhandislar, texnologlar, konstruktorlar, loyihachilar va hokazolardir;

  • xizmatchi-texnik mutaxassislar (kompyuter operatorlari, omborchilar,

maishiy sohalar xizmatchilari va hokazolar) asosan xizmat
ko'rsatish bilan banddirlar.
Kadrni boshqarish yoki kadr menejmenti deyilganda ham alohida menejerlar, ham umuman boshqaruv butun apparatining faoliyat
turlari, eng avvalo boshqaruv faoliyati tizimi tushuniladi. Korxona mehnat bozorida ishchi kuchi qidiradi, ammo ishlab chiqarishda aniq insonlar bilan o'zaro munosabatda bo'ladi. Shu sababli kadrni boshqaruv funkdiyasining ikki sohasi mavjuddir:

  • Kadrlar siyosati - kadr bilan ishlash tamoyillari, maq-sadlari va strategiyasi. Korxonada xodimlar bilan ishlash bo'yicha barcha tadbirlar shu maqsadga yo'naltiriladi.

  • Kadr - korxona xodimlari: rahbarlar, mutaxassislar, ishchilar, xizmat ko'rsatuvchi kichik kadr.

  • Kadrga ega bo'lish - korxona uchun xodimlarni ishga yollash bilan bog'liq barcha jarayonlar, shuningdek, yangi xodimlarni o'z vazifalarini bajarishga kirishishlariga tayyorlash.

  • Kadrni rejalashtirish - kadr bilan ish olib borish barcha yo'nalishlarini belgilab olish.

  • Kadrni rivojlantirish - kadrning yangi bilimlarga ehtiyojlarini aniqlash va bu ehtiyojlarni qondirib borish, bosh-qaruv uslublarini muttasil takomillashtirib borish, xodimlarga ularning faolligini oshirishda har taraflama yordam berish.


  • Download 6.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling