O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet191/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Mehnat shartnomasi yozma holda ikki nusxada rasmiylashtirilib, xodim va ish beruvchi tomonidan imzolanadi. Uning bir nusxasi xodimga beriladi, ikkinchisi ish beruvchida saklanadi. Mehnat shartnomasi rekvizitlari quyidagilardan iborat bo'lishi kerak:

  • mehnat shartnomasini tuzgan xodim va ish beruvchining (ish

beruvchi jismoniy shaxs bo'lsa) ismi-sharifi;

  • korxona yoki tashkilot tarkibiy bo'linmasi ko'rsatilgan holda ish joyi;

  • ishga kiritish sanasi;

  • korxona yoki tashkilot shtatlar jadvaliga yoki aniq mehnat funksiyasiga muvofiq lavozimi, ixtisosligi, kasbi (malakasi ko'rsatilgan holda);

  • xodimning huquq va majburiyatlari;

  • ish beruvchining huquq va majburiyatlari;

  • mehnat sharoitining tavsifi, og'ir, zararli yoki xavfli sharoitlarda mehnat qilish uchun xodimga kompensatsiya va imtiyozlar;

  • mehnat qilish va dam olish rejimi;

  • mehnatgahaqto'lash shartlari;

— mehnat faoliyati bilan bog'liq ijtimoiy sug'urta turlari va shartlari.
Mehnat shartnomasida xodim uchun sinov muddati, davlat xizmati, tijorat va qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarni saqlash
majburiyati, xodimning u o'qitilgandan so'ng muayyan muddat davomida mazkur korxona yoki tashkilotda ishlab berish majburiyati (agar o'qitish xarajatlari korxona yoki tashkilot tomonidan qoplangan bo'lsa) va hokazolar ham ko'rsatilishi mumkin.
Xodimning shaxsiy kartochkasi kadrlar tarkibini tahlil etish hamda ularni lavozimida siljishlarini hisobga olishni ta‘minlaydigan hujjathisoblanadi. Hozirgi vaqtda xodimning shaxsiy varaqasi kompyuterda, elektron ma‘lumotlar bazasida joylashtirishga mo'ljallangan holda ham tuzilmoqda. Xodimning shaxsiy varaqasi arxivda uning shaxsiy ishidan alohidaholda saqlanadi.
Xodimning shaxsiy ishi xodim va uning mehnat faoliyati to'g'risida eng mufassal ma‘lumotlarga ega bo'lgan hujjatlar to'plamidan iboratdir.
Xodimning shaxsiy ishi u ishga qabul qilingan vaqtda rasmiylashtirila boshlanadi. Unda quyidagilar bo'lishi qo'zda tutiladi:
—shaxriy ish hujjatlari ro'yxati;
—kadrlarni hisobga olish bo'yicha shaxsiy varaqa (yoki anketa);
—tarjimai hol;
—ishga qabul qilinganligi to'g'risidagi buyruq nusxasi;
—ma‘lumoti to'g'risidagi hujjatlari nusxalari;
—lavozimga tayinlanganligi (boshqa ishga o'tkazilganligi to'g'risidagi hujjat nusxalari);
—tavsifnomalar;
—ishga qabul qilish to'g'risidagi ariza;
—mehnat shartnomasi.
Shaxsiy ishda, shuningdek xodimning ilmiy asarlari, ixti-rolari ro'yxati, mehnat jamoasi (aktsiyadorlar) yig'ilishi bayonnomasi (mehnat jamoasi yoki aktsiyadorlar tomonidan saylangan rahbarlar uchun)dan ko'chirma ham bo'lishi mumkin. Kelgusida shaxsiy ish xodim anketasi, tarjimai holidagi, lavozimidagi o'zgarishlar qayd etilgan yozuvlar bilan to'ldirib boriladi.

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling