O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet184/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Kadrni bo'shatish - shtatlarni qisqartirish va ortiqcha xodimlarni ishdan bo'shatish bilan bog'liq barcha tadbirlar.

  • Kadrni baholash - korxona yoki uning bo'linmasi ishlab chiqarish pirovard yoki oraliq natijalariga alohida xodimlarning hissalarini aniqlash.

  • Kadr ish sifatini baholash - xodimlarning egallab turgan xizmat vazifalariga loyiqlik darajasini aniklash.

  • Kadrga rahbarlik - kadrni bevosita rahbarlar - bo'lim rahbarlari tomonidan boshqarish.

  • Kadrni nazorat qilish - ishlab chiqarish nazorati tizimidan foydalangan holda rahbariyat qarorlari va ishlab chiqarish topshiriqlari ijrosi nazoratini amalga oshirish.

  • Kadrni boshqarishning asosiy maqsadi korxona kadrini shakllantirish, rivojlantirish va uning salohiyatidan eng samarali ravishda foydalanishdan iboratdir.

  • Kadrni boshqarish konsepsiyasi korxona xodimlar salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish bilan o'zaro bog'liq bo'lib, quyidagicha tabaqalanadi:

  • Xodimlar salohiyatini shakllantirish - bu kadr mehnat munosabatlarini kadrni boshqarish xizmati tomonidan belgilangan tartib-qoidalar asosida tashkil etishdir.

  • Kadrni markazlashtirilgan holda boshqarish alohida funksiya hisoblanib, alohida bo'limlar tomonidan bajariladi.

  • Kadrni markazlashtirilmagan holda boshqarish barcha bo'linmalar (bo'limlar, sexlar, xizmatlar, laboratoriyalar, sho'‘balar) rahbarlari faoliyatidir.

    Kadrni boshqarishning funksiyali-tashkiliy tuzilmasi mehnatning funktsional taqsimoti va funktsional ixtisoslashishga asoslangan ishlab chiqarishlar uchun mo'ljallangan 20.1- rasmda keltirilgan.

    20.1-rasm. Kadrni boshqarishning funksiyali tashkiliy tuzilmasi

    Bu eng ko'p uchraydigan tashkiliy tuzilma hisoblanadi. Korxonada ayrim funksiyalar (masalan, mutaxassislarni ishga qabul qilishni rejalashtirish, mehnatga haq to'lash va tarif siyosati, ijtimoiy rivojlanish) tashkiliy jihatdan shakllanishi bilan mazkur tuzilmalarni yagona tizimga bog'lovchi va bo'ysunish tartibini belgilovchi kadrni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi tarkib topadi. Kadrni boshqarishning funksiyali-tashkiliy tuzilmasi oliy rahbariyatga asosiy diqqat-e‘tiborni strategik masalalarga qaratish, ixtisoslashtirish hisobiga ishlab chiqarishda yuksak samaradorlikka erishish uchun qulay imkoniyatlar yaratib beradi.

    Download 6.49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   205




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling