O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 6.49 Mb.
bet179/205
Sana03.12.2023
Hajmi6.49 Mb.
#1806384
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   205
Bog'liq
word uchun Iqtisodiyotda AKT

Marketing tadqiqotlari

  1. Axborotlarning muhimligi marketing muhitining holatini, vaqtning har bir lahzasida haqiqiy aks ettirilishini bildiradi.

  2. Ma’lumotlarning ishonchliligi, ishlab chiqarish, bozor va tashqi makro- muhitni obyektiv holati va rivojlanishini aniq qayta tiklanishiga asoslangan. Ko'pgina aniq haqiqat ongli ravishda buzib ko'rsatiladigan raqobat kurashi sharoitlarini hisobga olgan holda, bu tamoyil ma‘lumotlar manbalarining oshirilgan ishonchliligini va soxtalashtirishlar bo'lmasligini talab qiladi. Manbalarning ko'pligi va olingan ma‘lumotlarni ziddiyatlarga qarshi tahlil qilish soxta axborotlarga qarshi kurashning muhim vositasi bo'ladi.

  3. Ma’lumotlarning relevantligi axborotlarni shakllantirilgan talablarga to'liq mosligini va keraksiz ma‘lumotlar bilan ishlashdan qutilishga imkon beradi.

61 Paul W. Farris, Neil T. Bendle, Phillip E. Pfeifer, David J. Reibstein. Marketing Metrics.Second edition.2010 by Pearson Education, Inc.p. 5.

  1. Tavsiflarning toliqliligi. marketing muhitining holati va rivojlanishiga ta'sirini shakllantiruvchi va ko'rsatuvchi barcha omillarning obyektiv hisobi uchun muhimdir.

  2. Ma’lumotlarning maqsadga muvofiqligi ularni ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish sohasidagi aniq maqsadlar va vazifalarga qaratadi.

  3. Muvofiqlashtirilganlik va axborot birligi xulosalarda ziddiyatlar, birlamchi va ishlab chiqilgan ma‘lumotlarda moslashtirilmaganlik imkoniyatini yo'qotuvchi ko'rsatkichlar tizimini ishlab chiqishni talab qiladi.


19.2-rasm. Marketing xizmati.
Korxonaning marketing faoliyatida turli-tuman va hajmi bo'yicha yetarlicha katta bo'lgan axborotlardan foydalanishning zarurati, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish jarayonlarida ularni olish, ishlab chiqish va tahlil qilishni tashkil qilishga tizimli yondashishni talab qiladi. Shu munosabat bilan marketing axborot tizimlari (MAT) muammo sohasining butun tarkibiy qismlarini butligi va o'zaro bog'liqligi asosida qurilishi kerak. Unga hisoblash va axborot texnikasining zamonaviy vositalarini qo'llash bilan erishiladi.
MATning muammo sohasi o'z ichiga ichki va tashqi axborotlar, marketing tadqiqotlari va axborotlar tahlilining natijalari tizimini oladi (19.3-rasm).

Download 6.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling