O`zbekistonda antimonopil qonunchilik va raqobat muhitining yaratilishi mundarija kirish


Download 39.27 Kb.
bet1/7
Sana09.04.2023
Hajmi39.27 Kb.
#1347645
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbekistonda antimonopol qonunchilik


O`ZBEKISTONDA ANTIMONOPIL QONUNCHILIK VA RAQOBAT MUHITINING YARATILISHI


MUNDARIJA


KIRISH
1. O‘zbekistonda antimonopol qonunchilik.
2. Antimonopol qonunchilikning zaruriyati va kelib chiqishi.
3. Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish yo‘llari.
4. O‘zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik
XULOSA
FOYDALANILAYOTGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o‘z-o‘zidan, evolyusion yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan.
Buyruqli iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog‘lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy sub’ektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: «Iqtisodiyotni erkinlashtirilishi haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish bilan uzviy bog‘liqdir. Raqobat bo‘lmasa bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi»1.
Raqobat bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir.
O‘zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchi-likning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o‘rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o‘z egalari qo‘liga topshirilsa, ikkinchidan, ko‘p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi. Shunday qilib, O‘zbekistonda sog‘lom raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo‘li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo‘jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o‘tishdir. Bu erda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishini taqozo qiladi. Chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o‘z manfaatiga ega bo‘lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik sub’ektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.
O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlanganidek, iqtisodiyotni erkinlashtirish – bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlan-tirish yo‘lidagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etishni anglatadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019 yil 14 yanvardagi PF–5630-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining markaziy apparati tuzilmasi2


Download 39.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling