O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi
Fayl va papkalar nomini o'gartirish
Download 6.49 Mb.
|
word uchun Iqtisodiyotda AKT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fayl va Papkalarni nusxalash
- Fayl va papkalarning joyini ozgartirish
- Eslatma
Fayl va papkalar nomini o'gartirish.
Fayl yoki papkani yaratilgan zahotiyoq yoki keyinroq ham nomini o'zgartirish mumkin. Fayl nomini o'zgartirish uchun: Faylni belgilang. Fayllar menyusidan Nomini o'zgartirish ni tanlang. Yoki, Faylni belgilang. Fayl ustida o'ng tugmani bosing. Paydo bo'lgan menyuda Nomini o'zgartirish funksiyasini tanlang (5.20- rasmga qarang). 5.20-rasm. Fayl va papkalar nomini o'zgartirish Bundan tashqari siz shunchaki faylni belgilab F2 tugmasini bosib ham uning nomini o'zgartirishingiz mumkin. Bunda fayl yoki papkani nomi belgilanadi va siz o' zingiz boshqa nomni kiritib Enter tugmasini bosasiz. Fayl va Papkalarni nusxalash Fayl yoki papkani boshqa joyga nusxalash uchun, Fayl yoki papkani belgilang. O'zgartirish (Edit) tugmasini bosing. Nusxalash (Copy) ni bosing (5.21-rasmga qarang) 5.21-rasm. Fayl va Papkalarni nusxalash. Bundan tashqari siz fayl yoki papka ustida o'ng tugmani bosgan holda, paydo bo'lgan funksiyalar ichidan Nusxalashni bosib yoki birgalikda Ctrl + C tugmalarini bosgan holda fayllarni nusxalashimiz mumkin. Nusxalamoqchi bo'lgan joyingizni tanlang. O'zgartirish (Edit) tugmasini bosing. Qo'yish (Paste) tugmasini bosing. Fayl va papkalarning joyini o'zgartirish Bir papkani yoki faylni butunlay boshqa papkaga (joyga) ko'chirish uchun: Faylni belgilang. O'zgartirish (Edit) tugmasini bosing. Qirqib olish (Cut) tugmasini bosing (5.22-rasmga qarang). 5.22-rasm. Qirqib olish tugmasi Bundan tashqari, fayl yoki papkani ustiga o'ng tugmani bosgan holda, qirqib olish (cut) funksiyasini tanlang yoki birgalikda Ctrl + X tugmasini bosing. Siz joylashtirmoqchi bo'Igan joyni tanlang. O' zgartirish (Edit) tugmasini bosing. Qo'yish (Paste) tugmasini bosing (5.23-rasmga qarang). Eslatma: Papkalar va fayllarni nusxalash va ko'chirishning eng tezkor yo'li bu kontekst menyudan foydalanishdir (sichqonchaning o'ng tugmasini bosishdan paydo bo'ladigan menyu). 5.23-rasm. Qo'yish (Paste) tugmasini tanlash Agar bir necha fayllarni nusxalash yoki o'rnini o'zgartirish kerak bo'lsa, bu operatsiya Shift yoki Ctrl tugmalari orqali bajarilishi mumkin. Qachonki siz ketma ket bir nechta fayl yoki papkalarni tanlamoqchi bo'lsangiz, birinchi faylni belgilagan holda Eslatma. Faylni bir joydan boshqa joyga nusxalaganda ushbu fayl ham o’zining avvalgi joyida, ham yangi joyida paydo bo’ladi. Faylni bir joydan boshqa joyga ko’chirganda esa ushbu fayl avvalgi joyidan butunlay o’chib faqatgina yangi joyida qoladi xolos. Download 6.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling