Vazifalar o'rtasida biridan ikkinchisiga o'tish
Uskunalar paneli bu Windows XP ekranining pastki qismida joylashgan paneldir. Start tugmasi va boshqa ochilgan ilovalarni vaqtincha ko'rsatib turuvchi tugmalar ushbu panelda joylashgan. Uskunalar panelini bir necha yo'llar orqali manipulyatsiya qilish mumkin.
5.32-rasm. Uskunalar paneli
Bir oynadan ikkinchi oynaga o'tish uchun, uskunalar panelidan ochiq oynalardan sizga keraklisini tanlang.
Siz oynani yopganingizda uning vaqtinchalik uskunalar panelida paydo bo'lgan tugmasi ham yo'qoladi.
Dasturni (ilovani) ishga tushirish
Boshqaruv uskunasi
Boshqaruv uskinasini ishga tushirish uchun
Start tugmasini bosing.
Start menyusidan Boshqaruv uskunasi funksiyasini tanlang.
5.33-rasm. Boshqaruv uskunasini ochish
Boshqaruv uskunasi Sistema ko'rinishi va sistemaning boshqa qismlarni o'zgartirishga yordam beruvchi qurollardan tashkil topgan. Kategoriyalarga bo'lingan ko'plab imkoniyatlar mavjud. Ushbu ko'rinish Kategoriyali ko'rinish deb nomlanadi. Ba‘zan ushbu ko'rinishda barcha imkoniyatlar ko'rsatilmaydi. Bunday holda Klassik ko'rinishga o'tkazish mumkin. Ushbu ko'rinishda esa har bir opsiya alohida ko'rsatiladi.
5.34-rasm. Boshqaruv uskunasining Kategoriyali ko'rinishi
5.35-rasm. Boshqaruv uskunalarining Klassik ko'rinishi
Ko'rinish va Mavzular
Ishchi stoli ko'rinishini o'zgartirish uchun Boshqaruv uskunasida Ko'rinish va Mavzular funksiyasi tanlanadi. Ishchi stoli bu barcha oynalar, belgilar va dialogli oynalar ko'rinadigan sohadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |