Katalog Opsiyalari fayl va papkalarning ko'rinishini o'zgartirishda ishlatiladi.
Uskunalar paneli va Start Menyu funksiyasi uskunalar paneli va Start tugmasining ko'rinishini o'zgartirish vazifasini bajaradi.
Printer va boshqa uskunalar
Boshqaruv uskunalaridagi Printer va boshqa apparatlar bo'limi orqali printer, klaviatura, sichqoncha kabi uskunalarni sozlamalarini o'zgartirish mumkin.
O'yinlar boshqaruvi uskunalari, klaviatura, sichqoncha, telefon va modem, skaner va kameralar ushbu bo'limi orqali sozlamalari o'zgartirilishi mumkin.
5.38-rasm. Boshqaruv uskunalaridagi Printer va boshqa apparatlar bo'limi
O'yinlar boshqaruvi funksiyasi o'yinlar boshqaruvi uskunalarini sozlamalarini o'zgartirishda ishlatiladi;
Klaviatura opsiyasi klaviatura uskunalarining so'zlamalarini o'zgartirish vazifasini bajaradi;
Sichqoncha ning vazifasi sichqoncha uskunasining tezligini, ko'rsatkichini va boshqa sozlamalarini o'zgartirish;
Printer va Faks opsiyasi yangi printerlarni qo'shish, yoki o'chirish, printer sozlamalarini o'zgartirish vazifasini bajaradi;
Telefon va Modemlar funksiyasi telefon va modemni sozlashda ishlatiladi;
Skaner va Kamera skaner va kameralarni qo'shish, o'chirish, o'zgartirishda ishlatiladi.
Tarmoq va Internet aloqalari
Boshqaruv uskunalaridagi Tarmoq va Internet aloqalari buyrug'i kichik ofis tarmoqlarini yaratish shuningdek aloqa va internet sozlamalarini o'zgartirishda ishlatiladi.
Tarmoq va Internet aloqalari dagi uskunani tanlash bo'limi oynasi internet sozlamalarini o'zgartirish, ishchi tarmog'iga ulanish va kichik ofis yoki uy aloqalarini yaratishdan tashkil topgan.
5.39-rasm. Boshqaruv uskunalaridagi Tarmoq va Internet aloqalari buyrug'i
Do'stlaringiz bilan baham: |