O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta ta`lim


-rasm. Neft va gazkondensat qismlarini uyum ichra suv bostirish bilan ishlash tizimi tarxi


Download 6.15 Mb.
bet45/96
Sana17.10.2023
Hajmi6.15 Mb.
#1706325
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   96
Bog'liq
NEFT KONLARINI ISHLASH VA ISHLATISH ÌÌÒ

5.6.-rasm. Neft va gazkondensat qismlarini uyum ichra suv bostirish bilan ishlash tizimi tarxi:
1 - neftlilikni tashqi chegarasi; 2 - neft qismini chegara ichra suv bostirishning haydovchi quduqdari; 3 - neft oluvchi quduqlar; 4- gazkondensat qismini chegara ichra suv bostirishning haydovchi quduqlari; 5 - gazlilikning tashqi chegarasi; 6 - gazkondensat qismini ishlash tizimining elementi; 7 - gaz oluvchi quduqlar.

Neftni, gazni kondensat bilan birga qatlamdan suv bilan siqishda, shuningdek, butun neftgazkondensat konini suv bostirish yo'li bilan ishlashda, gazkondensat aralashmasini suv bilan siqishning so'nggi koeffisiennti ηki 0,75 ko'rsatgichiga etadi.


Lobaratoriya tadqiqotlari ko'rsatadiki, gazkondensat aralashmasini suv bilan siqish deyarli porshensimon kechadi, shunday ekan qatlamning suv bostirilgan hududida, suv bostirilgandan keyin qatlamdan olish qiyin bo'lgan, amalda xarakatsiz gaz kondensat bilan birgalikda qoladi. Ma'lumki, so'nish tarzida gaz konlarini ishlashda gaz beraolishlik 0,92-0,95 ga etadi. Gazkondensat konlarini yuqoridagi tarzda ishlatilganda ham gaz beraoluvchanlik taxminan yuqoridagi kattalikni tashkil qiladi. Biroq bunda qatlamdan gaz bilan birgalikda gazdagi boshlang'ich kondensat miqdorining 40-50% gacha olinadi. Qolgan kondensat g'ovak muhitga o'tiradi va harakatsiz qoladi. Agarda gazkondensat qismdan so'nish tarzida olinadigan jami gaz va gazkondensat miqdorini ko'radigan bo'lsak, unda ishlashni boshlanishigacha qatlamda bo'lgan standart sharoitdagi 1m3 kondensat bilan birgalikdagi gazdan, quyidagi miqdordagi uglevodorodlar olinadi:
газ Qr = ηк1 • ρ01, kondensat Qк = ηк2 • ƒ02 • ρ2

Бу ерда ηк1- so'nggi gaz beraolishlik; ρ01- standart sharoitlardagi gazning zichligi; ηк2- so'nggi kondensat beraolishlik;


ƒ02-gazdagi kondensatning boshlang'ich miqdori; ρ2 – kondensat zichligi.
Gaz va kondensatni miqdoriy aniqlash uchun qabul kilamiz:
ηк1 =0,9; ρ01 = 0,85 кг/м3; ηк2= 0,5; ƒ02= 0,5•10-3 м3 / м3;
ρ2= 0,6•103 кг / м3.
Unda qatlamda boshlang'ich bo'lgan va 1m3 gazga to'g'ri keladigan, olinadigan uglevodorod miqdori quyidagiga teng:
Qу1 = Qr1 + Qr1 = 0,9 • 0,85 + 0,5 • 0,5-10-3 • 0,6•103 = 0,915 кг.
Suv haydashda uglevodorodlarni siqishni so'ngi koeffisienti ηк1= ηк2 = ηк= 0,8 ga teng ekanligini hisobga olgan holda konning gazkondensat qismidan qazib olinadigan qatlamda boshlang'ich bo'lgan, 1m3 standart gazga to'g'ri keladigan, Qу2 uglevodorodlarni miqdori qancha bo'lishini baholaymiz. So'nish tarzida qatlamning gazkondensat qismini ishlash holatidagi boshlang'ich ma'lumotlarga ko'ra quyidagiga ega bo'lamiz:

Qr = ηк1• ρ01+ ηк2 • ƒ02• ρ2= 0,8 • 0,85 + 0,8 • 0,5 •10-3 •0,6-103 = 0,920 кг.


Shunday qilib, konning gazkondensat qismidan suv bostirish orqali so'nish tarzlariga nisbatan qatlamda bo'lgan boshlang'ich 1m3 gazdan qo'shimcha 0,005 kg ko'proq uglevodorod olinadi deb xulosa qilishimiz mumkin.


Yuqoridagidan kelib chiqadiki, gazkondensat koniga yoki neftgazkondensat konining gazkondensat qismiga suv bostirish har doim ham jami qazib olinayotgan uglevodorodlarni ko'payishiga olib kelavermaydi - kondensat beraolishlik ko'payishi mumkin, lekin gaz beraolishlik kamayadi.
Konning gazkondensat qismini unga quruq uglevodorod gazini haydash orqali qatlam bosimini saqlash bilan ham ishlash mumkin. Bunda qatlamdagi yog'li gazni quruq gaz bilan to'la almashtirish uchun qatlamdagi g'ovaklar hajmidan ancha ko'proq bo'lgan hajmdagi quruq gazni haydashga to'g'ri keladi. Qatlamdagi yog'li gazni quruq bilan siqishning texnologik jarayoni shunday amalga oshiriladi-ki, unda er yuzasida gazdan kondensat ajratiladi, shuningdek gazkondensat konining qatlam gazi quruqqa aylantiriladi, uni kompressorlarga uzatiladi, zarur bo'lgan bosimgacha siqiladi va qatlamga xaydaladi. Shuning uchun ham gazkondensat konini ishlashning bunday texnologiyasi siklik jarayon (saykling-jarayon) nomini olgan.



Download 6.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling