Oʻzbekiston respublikasi


Ekologik omillarni hayvonlarning turli funktsiyalariga bir xil ta’sir etmasligi qoidasi


Download 370.07 Kb.
bet25/66
Sana25.07.2023
Hajmi370.07 Kb.
#1662474
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   66
Bog'liq
Hayvonlar ekologiyasi majmua 2022-2023 y

Ekologik omillarni hayvonlarning turli funktsiyalariga bir xil ta’sir etmasligi qoidasi. Har bir omil hayvonlarning u yoki bu funktsiyalariga turlicha ta’sir etadi. Muayyan bir hayotiy jarayon uchun optimum bo’lgan omil kuchi boshqasi uchun pessimum bo’lishi mumkin. Masalan, Q40-450S li harorat sovuqqonli hayvonlardagi modda almashinuvi jarayonini tezlashtirsada, lekin ulardagi faollikni keskin pasaytiradi. Bunda hayvonlar tinim holatiga o’tadi. Baliqlar tuxumlarini (uvildirig’ini) etilishi uchun muvofiq bo’lgan harorat uni tashlash uchun etarli bo’lmasligi mumkin.
Muhit omillari ta’siriga tur individlari javob reaktsiyalarining o’zgaruvchanligi va xilma-xilligi qoidasi. Tur individlarining muhit omillariga optimal va pessimal chegaralari o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu farqlar individlarning nasliy, jinsiy, yosh, fiziologik xususiyatlari bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Don mahsulotlari zararkunandasi – parvona kapalagi qurti uchun minimal kritik harorat – 7oC, etuklari uchun – 10oC da qurtlar nobud bo’lsa-da, lekin zararkunandaning kapalaklari va tuxumlari omon qoladi.
Ko’sak qurtiga qarshi qo’llanilgan kimyoviy zaharlar g’o’za tunlami kapalagining tuxumlariga deyarli ta’sir etmaydi. Har bir omilga hayvonlarning nisbiy mustaqil moslanish qoidasi. Muhitning xar bir omiliga nisbatan hayvonlarning ekologik valentligi o’ziga xos bo’ladi. Biror omilga chidamli bo’lgan hayvon boshqa omillarga ham bir xil darajada bardoshli bo’lmasligi mumkin. Masalan, cho’l va tog’ oldi mintaqalarida uchrovchi hasharotlar quruq va issiq iqlimga moslashgan, ular yuqori namlik sharoitida yashay olmaydi.
Turlar ekologik spektrining o’ziga xosligi qoidasi. Tashqi muhitning barcha omillariga nisbatan bo’lgan talabi – ekologik spektri o’ziga xos bo’lib, hatto bir xil sharoitda yashaydigan turlarning “ekologik spektri” bir-biridan farq qiladi.
Omillarning o’zaro ta’sir etish qoidasi. Omilning hayvonlarga bo’lgan ijobiy yoki salbiy ta’siri uning jadallik darajasiga, shuningdek bir vaqtning o’zida ta’sir etayotgan boshqa omillarga ham bog’liq bo’ladi. Hayvonlar uchun optimal bo’lgan omil boshqa omillar ta’sirida salbiy tomonga o’zgarishi mumkin. Masalan, hayvonlarga yuqori haroratning namlik bilan bo’lgan ta’siri kuchli bo’ladi. Past haroratning ta’sir kuchi shamol bilan yanada ortadi.

Download 370.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling