O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
VI-VIII asrlarda turk xalqlarining madaniy turmushi va ta’lim-tarbiya
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Men olti boshli ilonman, Oltin qorin-qursog’imni Qilisn bilan snopib
- Bilib qo’ying: bu-yomon.
- Hamma er yorug’ bo’ldi, deyishdi, Bilib qo’ying: bu-yaxshi.
- YIII asrda Islom madaniyati va Markaziy Osiyo (ta’:lim-tarbiyadagi islohotlar) Reja
VI-VIII asrlarda turk xalqlarining madaniy turmushi va ta’lim-tarbiya. REJA:
1.Turk xalqlarining madaniy turmushi va ta’:lim-tarbiyaviy qarashlari. 2.Yozuvning paydo bo’lishi. 3.O’rxun-Enisey yozuv yodgorliklarida ta’lim-tarbiyaning ta’riflanishi. 4. «Irq yozuvlari» («Ta’birnoma»).
TAYANCH TUSHUNCHALAR: Qadimgi turk xalqlari, dastlabki tarbiya turlari, yozuvning paydo bo’lishi, piktografik xat, O’rxun- Enisey yozuv yodgorliklari, Bilga xoqon, Qultegin, Irq yozuvlari va boshqalar. ADABIYOTLAR: 1.K.Xoshimov. va boshq. Pedagogika tarixi.T-1996y. 2.A.Zunnunov. va boshq. O’zbek pedagogikasi tarixi.T-1997y 3. U.Aleuov. Qq-nda t-tarbiyaliq oylardin, ka’liplesi7i ham rauajlani7i. N-1993j.
1.Turkiy xalqlarning yozma ma’:rifiy yodgorliklari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, ular yangi davr kishisini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bular «O’rxun-Enisey yodgorliklari», «Irq yozuvlari» («Ta’:birnoma») kabilardir. Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-runiy yozuvida bitilgan O’rxun-Enisey bitiklari VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan bo’lib, ular ta’:lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’:lumotlar beradi. Toshga o’yib yozilgan O’rxun-Enisey yodgorliiklari dastlab Enisey havzasida, so’ngra, Mug’ulistonning O’rxun daryosi bo’yida topilib, daniyalik olim Vilgelm Tomson 1893 yilda bu yozuvlarni birinchi bo’lib o’kigan. Undan so’ng yana bir qancha olimlar ushbu yozma yodgorliklarni o’rganish yuzasidan ilmiy-tadqiqotlar olib bordilar. O’zbekistonda Oybek, O.Sharaffuddinov, N.Mallaev, A.Kayumov, N.Raxmonovlar tadqiqot ishlari olib bordilar va uning ta’lim-tarbiyadagi o’rnini yoritib berdilar. Ma’lumki, Ua’ asr o’rtalariga kelib, Oltoy, Ettisuv va Markaziy Osiyo xududlarida turk hoqonligi tashkil topdi. Bu xoqonlik g’arbda Vizantiya, janubda Eron, Xindiston, sharkda Xitoy bilan chegaradosh bo’lgan, Turk xokonligi Turkyut davlati deb ham atalgan. Xoqonlik 604 yilda Sharqiy va «Garbiy xoqonlikka ajralgan. VIII asr o’rtalariga kelib esa Turk xoqonligi tugallandi. Turk xoqonligi asosan, 3 kishi: Bilga xoqon (Mug’ilyon), sarkarda Qultegin va vazir Tunyukuklar qo’lida markazlashgan edi. Bitiktoshlarda turk xokonlarining yurishlari, bu yurishlarda ko’rsatgan jasoratlari, ularning bilimli, mard, xalqparvar alp yigitlar ekanligi bayon etiladi. O’z vatani mustaqilligi uchun kurash, xalqni asoratdan olib chikish, ularning birligini ta’:minlash xoqonlar Bumin, Istami, Eltarish, Eltarishning o’g’illari Bilga xoqon va lashkarboshi Kul tegin, ma’naviy otalari Tunyukuklarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi. Masalan, Kul tegin bitigida u xalqparvar, tadbirkor, xalq kelajagini o’ylaydigan jonkuyar sarkarda, o’z manfaatidan xalq manfaatini yuqori qo’yadigan shaxs sifatida ta’riflanadi. Kultegin Eltarish xoqonning kichik o’gli, u 7qa’ yil, g’7 fevralda kirq etti yoshida vafot etadi. Bitigtosh 7qg’ yilda o’rnatilgan. Bu bitik toshda barcha voqealar Kul teginning akasi bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Uning xaqiqiy ismi Mo’g’ilyon bo’lgan. Bitik muallifi Kulteginning jiyani Yo’llug’ tegindir. Kul tegin bitigida Bilga hoqonning og’a-inilariga, qarindosh uruglariga murojaati, ularning xatolari tufayli turk elida ko’p ko’p falokatlar yuz bergani ifodalanadi. Turkiylarning harbiy yurishlari, ularga qo’shni bo’lgan tobg’achlarning bosqinchiligi tufayli xalq boshiga kulfatlar tushgani, ularning yolg’onchilik, firibgarlik qurboni bo’lganligi ta’:kidlangan. «Oltin, kumush, ichkilik, ipakni shuncha hisobsiz berayotgan Tabg’ach xalqi so’zi shirin, ipak kiyimi nafis ekan. Shirin so’zi va ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu hilda yaqinlashtirar ekan. Yaxshi qo’shni bo’lgandan keyin yovuz ilminiu erda o’rganar ekan.
Yaxshi dono kishini, yaxshi alp kishini yo’latmas ekan, biror kishi adashsa, urug’i, xalqi, uyi, yopinchig’iga qo’ymas ekan. Shirin so’ziga, nafis ipagiga aldanib, ko’p turk xalqi, o’lding… Turk xalqining ayrimini u erda yovuz kishini shunday pishiqlar ekan: yiroq bo’lsa. Yomon ipak beradi, yaqin bo’lsa, yaxshi debo beradi, deb shu hilda pishiqlar ekan. Ilmsiz kishi u so’zga ishonib, unga yaqinlashib ko’p kishi o’ldi.a’
Hoqonning xalqqa murojaatida uning hokimiyatni mustahkamlash, o’zaro urushlargsha chek qo’yish, tinch-totuv bo’lib yashashga undashdek ezgu maqsad ham yotadi. Kul tegin esa dono, bahodir, jasur inson sifatida tasvirlanadi.
Kul tegin bitigida Bilga hokon eng muhim insoniy hislatlar, hayotiy zaruriyatlar haqida pand nasixatlar qiladi. Turk xalqi birlashmagani, bir-biriga ishonmagani uchun, hiyla va firib qurboni bo’lib, tabg’achlar ularni qul va cho’ri etgani, qashshoq, erksiz va mute bo’lganligini kuyunib so’zlaydi. Ikkinchi bitik Bilga hoqon haqida.Bu bitiktosh Eltarish Hoqonning katta o’g’li, Kul teginning akasi Bilga hoqon sharafiga uet yilda o’rnatilgan. Bilga hoqon uer yilda ellik yoshida o’z yaqinlari tomonidan zaharlab o’ldirilgan. Bu bitik ham Yo’llug’ tegin tomonidan yozilgan.
Bilga hoqon bitigida usnlik hokimiyatida tinsnlik totuvlik hukmron bo’lgani, uning davlatni adolat bilan boshqargani, turkiy xalqlarni birlashtirgani, o’z yurtini boy-badavlat etib, iqtisodiy jihaotdan mustahkamlagani mahorat bilan tasvirlangan. Bu bitikda xalq hoqonidan, vatanidan ayrilmasa, betashvish hayot kesnirish ifodalanadi. O’z navbatida, davlat boshliqlarining hatti- harakatlari, yurgizgan siyosatlari bayon etiladi. So’ngra Bilga hoqon yurishlari haqida hikoya qilinadi.
Bilga hoqon turk eli o’rtasida elparvar hoqon deb tanilgan edi. (Bilga so’zining ma’noisi dono deganni anglatadi.) U turkxalqining vatani abadiy bo’lishi usnun kurashadi.Xalqqa qarata shunday o’git qilar edi: Vatanni saqlab qolmoq faqat hoqonga emas, xalqqa ham bog’liq. Ajdodlarimizning xato va yutuqlari buning dalilidir. Xalq hoqonning yo’l- yo’riqlarini amalga oshirmasa, boshiga ko’p kulfatlar tushadi. Hoqon o’ta ishonuvsnan bo’lmasligi, boshqalarining gapini o’ylab, mlohaza qilib amalga oshirishi lozim. Samimiy so’zni yolg’ondan ayira bilishi kerak.Qattiqqo’l hoqon o’z xalqiga yomonlikni ravo ko’rmaydi.Ishoonuvsnan bo’lsa, yaxshi- yomonni ajrata olmasa,fojeaga yo’l osniladi, boshboshdoqlik boshlanadi.
Bilga hoqon ana shunday tarqoq halqni birlashtirdi, ayoqqa turg’izdi, u usnun farovon hayot yaratdi.Yurtboshining boylikka xirs qo’yishi xalqning nosnor xayot kesniriga olib keladi, deb hisobladi.
Tunyukuk bitigi esa eq0 misradan iborat bo’lib, uqu-uqi yillarda, Tunyukuk hayotligida yozilgan. Bu bitikda Tunyukuk vatanparvar shaxs sifatida nomayon bo’ladi. Undagi insoniy fazilatlar, ezgulik, insonparvarlik hislatlari uning qo’shni xalqlar o’rtasidagi obro’sini yanada oshirib yubordi. Masalan, uning asirlarni o’z yurtlariga jo’natib yuborishi boshqa dushmpn qabilalarning ham bosh egib kelishiga, bu esa ezgulik bilan yovuzlik, qon to’kishning oldinni olish mumkinligini ko’rsatdi, ammo shu bilan birga hoqonlik qonnunlarini, manfaatlarini qattiq himoya qilib, jasorat namunasini ko’rsatdi. Yuqoridagi yozuvlardan tashqari, alplarning jangovarligiga, axloq-odobi va bilimiga bag’ishlagan bitiktoshlar ham ko’plab topilgan.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibiki, garsni O’rxun-Enisey yozma yodgorliklari bevosita ta’lim-tarbiya masalalariga bag’ishlanmagan bo’lsa ham ulardan o’sha axloqiy qoida va talablari yuzasidan ma’lum bir ma’lumot olish mumkin.
Eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklariizdan «Irq bitigi» (ta’birnoma) ham O’rxun-Enisey yozuvlari qatorida ta’lim-tarbiya tarixida o’z o’rniga ega. Mazkur qo’lyozma XIX asr oxirida Sharqiy Turkistonning Dunxuan degan joyidan topi. Biz hozirgasna «Irq bitigi» haqida batafsil ma’lumotga ega emasmiz. Shu sababli N.Rahmonov tomonidan tuzilgan «Qadimiy hikmatlar» kitobida keltirilganlgan ma’lumotlar asosida mulohaza yuritamiz.Yodnoma qadimgi turk davriga oid yayagona yozma yodgorlik hisoblanadi.Asar yuz betdan iborat bo’lib, moniy jamoasidagi Isig sangun va Ite snuq ismli ikki bola usnun bitilgan. Asar mazmunini nima yaxshi-yu, nima yomonligini tushinish, anglab etish tashkil etadi. Ana shu yaxshi va yomonning ta’rifi zamininida
axloqiy talablar talqin etiladi. Mazkur asarda turkiy xalqlarning turmushi, axloqiy munosabatlari asosan qushlar va hayvonlar obrazi orqali aks ettiriladi.
«Irq bitigi»da eng qadimgi ajdodlarmizning xalq og’zaki ijodiga xos, mifologik hamda totemistik ifodalar o’z aksini topgan.Ana’naga ko’ra har bir epizodda yaxshilik targ’ib etiladi.
Voqealar tush va uning ta’birlari tarzida bayon etiladi. Inson doimo farovon hayot kesnirishni orzu qilgan. Ana shu orzuga etishishda u qiyinsniliklarga dusn kelgan.Lekin inson bu qiyinsniliklarni ilohiy qudrat- tangri yordamida engib o’tgan, o’zi usnun go’zal hayot ta’min etgan.
Ammo yaxshilik bor joyda unga yomonlik ham ro’baro keladi.Tush ta’birida yomon hodisa- voqealar zamirida yomonlik yotishi ham ifodalanadi: «Men olti boshli ilonman, Oltin qorin-qursog’imni Qilisn bilan snopib, Mening tanamni yol snetiga, Boshimni uyim yo’liga qo’yishdi»,-deyishdi Bilib qo’ying: bu-yomon.
Lekin xalq kelajakka, yomonlik ustidan yaxshilik, ezgulik g’olib kelishiga ishongan: Tong ota boshladi, So’ng uning izidan er yorildi, So’ng quyosh sniqdi Hamma er yorug’ bo’ldi, deyishdi, Bilib qo’ying: bu-yaxshi. Ko’rinib turibdiki, «Irq bitigi» (ta’birnoma)ning asosida ham inson, uning qayg’u-quvonsni, shodligi, orzu-istaklari yotadi.
Xulosa qilib aytganda, «Irq bitigi»iva boshqa eng qadimgi davrlardan eramizning IX asrigasna yaratilgan ma’rifiy yodgorliklrda inson kamolotini kuylash katta o’rin egallayi.Ularda ajdodlarimizning xulq-odobga oid dastlabki tasavvurlari, ezgulikkbo’lgan intilishlari ifodalangan.
YIII asrda Islom madaniyati va Markaziy Osiyo (ta’:lim-tarbiyadagi islohotlar) Reja: 1. Arablarning Markaziy Osiyoga istilosi va Islom dinining yoyilishi. 2. Musulmon maktablarining paydo bo’lishi va unda ta’:lim tarbiyaning mazmuni. 3. Islom dinining asoschisi va targ’ibotchisi Muhammad ibn Abdullox. «Qur,:on» va «Hadis». 4. Hadis ilmining paydo bo’lishi. Imom Ismoil al-Buxoriy va Imom at-Termiziy.
1. Abu Muhammad Narshaxiy.Buxoro tarixi. «Fan» a’996y. 2. Abu Rayhon Beruniy. #adimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. «Fan»a’969y. Toshkent. 3. Pedagogikatarixi.a’996y.K.Xoshimov,S,Nishonova,M,Inomova,R.Hasanova. 4. Xoshimov.K.S. Ochil. Uzbek pedagogika antologiyasi.T-a’99o’y. «O’kituvchi». 5. Axloq- odobga oid hadis namunalari.T-a’990y. «Fan». 6. Al-adab al-Mufrad (arab durdonalari) .Al-Buxoriy.T-a’990y. 7. Muhammad payg’ambar qissasi. Hadislar.T-a’99a’y. 8. Abu Iso Al-Termiziy . Ash-shamol an-Nabaviya.T-a’99g’y. «Nur».
Arab xalifaligi, Kutayba ibn Muslim, Islom, Kur:oni karim, xadis,musulmon,paygambar, jixod,Movoraunnaxr,Buxoro. Xorazm.
q.YII asr boshlarida islom g’oyasiga asoslanganArab xalifaligi tashkil etib, bu davlat o’z mavqeini mustahkamlash uchun boshqa mamlakatlarni ham zabt etishni boshladi. Butun Arabiston yarim oroli bilan bir qatorda, Eron, Kavkvazorti, Suriya, Shimoliy Afrika, janubiy Ispaniya xalifalik tarkibiga kiritildi. YII asrdan boshlab arablar Movaraunnahrga ham xujum qilish rejasini tuza boshladilar. Arab istilochilari ilk bor 6o’a’ yilda Ubaydullox ibn Ziyod boshchiligida yurish boshladi, 676 yilda esa Said ibn Usmon rahbarligida Buxoro, Sug’diyona, Kesh, Nasaf shaharlariga hujum qilindi. Arab istilochilarining ikkinchi bor yurishi 70o’ yilda Xuroson hokimi Kutayba ibn Muslim tomonidan boshlandi.Dastlab 706 yilda Zarafshon vodiysiga, Poykend, Buxoro, Samarqand, So’g’d, Farg’ona va boshqa shaxarlarni qo’lga kiritdi. So’ngra esa Xorazmni zabt etdi. Kutaybaning istilochigi Fargonada 7a’o’ yilda arab ko’zg’olonchilari tomondan o’ldirilgandan keyin to’xtatildi. Arab istilochilari bosib olingan erlarni islom diniga kirita boshladilar. Tarixchi At- Tabariyning «AT-tabariy tarixi» kitobi orqali, Narshaxiyning «Buxoro tarixi», Bartol:dning tarihiy asarlarida keltirilishicha, arab istilochilarining Movaraunnahr xalqini islom diniga kiritish oson kechmaganligi va birnecha yillar cho’zilgani hakida aytib o’tilgan.Chunki Movaraunnahr xalqi arab istilochilariga qadar ham ma’:naviy. Ham moddiy taraqqiy etgan davlat bo’lib uning aholisi tezda bo’ysinishni xoxlamadi.Buysunmaganliklarining birdan-bir sababi shunda ediki erlik xalq bu davrda yillar mobaynida tarkib topgan boy ma’:naviy merosi-sana’ti, adabiyoti, yozuvini, asori atiqalarini paymol qilishganliklarida edi. Shuning uchun ham arab istilochilari harbiylar bilan bir qatorda islom dinining targ’ibotchilaridan foydalandilar va asta sekin natijalarga erisha boshladilar.Chunki erlik xalq islomga qadar har-xil xudolarga, Quyoshga, ko’k dinga (shaman), muqaddas narsalarga talpinar edilar, ma’:lum goyaviy e:,tiqod tarkib topmagan edi.Shuning uchun ham islom dinining yoyilishi va u bilan bir qatorda shariat qonun-qoidalari, aqidalariga rioya etish, yagona Olloxga sig’inish va Olloxning Rasuli Muhammad Alayhissalom ko’rsatmalariga amal qilish xalqning ongiga ta’:sir qilib, ularning bu dinni qabul etishiga yordam berdi va islomiy qadriyatlarning tarkib topishiga yo’l ochdi. Arablar islom dinini yoyishda turli usullardan foydalandilar. Kim islom dinini qabul qilsa, soliqlardan ozod etildi.
Tarixchi Narshaxiyning hikoya qilishicha, har juma kuni aholi juma namozini o’kish uchun jome: masjidiga chaqqirilib, kelib namoz uqiganlarga ikki dirhamdan mukofot berilar edilar. Narshaxiy arab istilochilarining aholini islomlashtirishda oid hatti-harakatlarni quyidagicha bayon etadi: «Buxoro aholisi har safar(islom lashkari kelganda) musulmon bo’lar, arablar qaytib ketganida esa ular yana dindan qaytar edilar. Kutayba ibn Muslim ularni uch marta musulmon qilgan, ular esa dindan qaytib, yana kofir bo’lgan edilar. Bu turtinchi marta kelganida kutayba jang kilib, Buxoro shahrini oldi, ko’p qiyinchiliklardan keyin islom dinini yuzaga chiqardi va xar turli yullar bilan ularga qiyinchiliklar tug’dirib, dillarga musulmonlikni o’rnalashtirdi. Ular esa musulmonlikni yuzakigina qabul qilib, haqiqatda butparastlik qilar edilar.Kutayba arablar Buxoroliklar bilan birga turib, ularning hatti-harakatlaridan habardor bo’lib tursalar, ular zaruratdan musulmon bo’ladilar degan maqsadda Buxoro aholisiga o’z uylarining yarmini arablarga berishga undab buyruq chiqchqarishni ma’qul topdi va musulmonlikni o’rnatdi shariat hukmlarini bajarishga majbur etdi. Kutayba masjidlar bino qildi, butparastlik, otashparastlik asarlarini yoqotdi. U ko’p jiddu-jaxd qilib, kimda shariat hukmlarini bajarishda kamchilik sodir bo’lsa, uni jazolar edi. U masjidi jome: bino qildi va odamlarga juma nomozini uqishga buyruq berdi»a’ Shuningdek arab istilochilari xalqning boy madaniy merosini yoq qilishga kirishdilar. Chunki mahalliy aholi boy ma’:naviy merosi yillar davomida tarkib topib. Mahalliy urf-odatlar va diniy an:a’nalar yangi dinni qabul qilishga yol bermas edi. Bu haqda o’zbek xalqining buyuk olimi Abu Rayxon Beruniy shunday yozgan edi: «Kutayba esa Xorazm hatini yaxshi biladigan , ularnig xabar rivoyatlarini o’rgangan va bilimini boshqalarga o’rgatadigan qishilarni xalok etib, butkul yoq qilib yuborgan edi. Shuning uchun u islom davridan keyin haqiqatni bilib bo’lmaydigan darajada yashirin koldi.» « Keyin, Kutayba ibn Muslim al- Voxishiy xorazmliklarning kotiblarini xaloq qilib , bilimdonlarini o’ldirib, kitob va daftarlarini kuydirgani sababli ular savodsiz qolib, o’z extiyojlarida yodlash quvvatiga tayanadigan bo’ldilar»g’. Islom dini ana shunday g’oyaviy-siyosiy kurash jarayonida shakllandi va rivojlandi. Xalifalar istilochilik siyosatini o’tkazar ekanlar, bacha xalqlar ustidan madaniy ustunlikni o’rnatishga harakat qildilar. Chunki, arab xalqi YI asr boshlarida o’ziga hos madaniyat, adabiy til yaratgan bo’lib, unda notiqlik va she:,riyat yuqori qadrlangan. Ayniqsa, Qur,onning o’zi ajoyib adabiy fazilatga ega bo’lib, u o’rta asr arab adabiyotining eng nodir yodgorliklari orasidan o’rin olgan. IX asrda tarkib topgan «Ming bir kecha» ertaklari esa, jahon madaniyatining durdonalaridan sanaladi. Arab tili ham o’z navbatida yangi madaniyat tili bo’lib maydonga chiqdi. Arablar yunon fanining yutuqlarini hisobga olgan holda, ularning faylasuf, olim yozuvchilarining asarlarini tarjima qildilar. Astronomiya, tibbiyot va kimyoga oid barcha yirik adabiyotlar arab tiliga tarjima qilindi. Hatto arab olimlari , sun,iy oltin tayyorlash vositasida «falsafa toshini» izlaganlari (oltin izlovchilarni «alkimyogarlar» deb atanganlar) Yunonlardan fanni tasnif etish (klassifikatsiya) olinib, fanlar ikki kismga: nazariy va amaliy qismga ajratildi. Birinchi qismda uch bo’lim-tabiat to’g’risidagi fan, iloxiyat to’g’risidagi fan va matematika fanlari bo’lib, ularga aifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa kiritilgan.Ikkinchi qism esa, etika, iqtisod va siyosatga bo’lingan. Hind fani arab madaniyatiga, asosan arifmetika, algebra, tibbiyotga ta’:sir etgan. Evropaliklar ham sonlarning Hind nazariyasi bilan arablar orqali tanishganlar, aljabr-algebra degan arabcha nomlar abul qilganlar. Arablar ulkan davlat barpo etib, geografiyaga katta ta’:sir ko’rsatganlar. Ko’p xududlarga arabcha nomlar beriladi, xususan «Movaraunnaxr» ham arabcha bo’lib daryo orti deganni bildiradi. Movaraunnahrda boshqa istilo etilgan mamlakatlar qatorida, islom dini bilan birga, mazkur dinning muqaddas kitobi «Qur:,on»ning tili, ya:ni arab tilini o’rganish joriy qilindi. Bu kitobni boshqa tillariga tarjima qilish taqiqlandi. Musulmon maktablarida arab tili muxim fan sifatida uqitilardi, bilim shu tilda o’rganilar edi. Arabistondagi kabi barcha masjidlar huzurida maktablar ochiladi va o’g’il bolalarga shu maktablarda Qur,:on o’qishni o’rgatishga farmon beriladi.Bolalarni shu masjidning imomi o’qitar edi.
Islom aqidalarining, uning axloqiy-xuquqy tamoyillarining asosiy manbai «Qur:,on»dir. Islomning sha’:riy ma’:nosi - bu Ollox yagona deb e,:tikod bo’lib, unga buysunmoqlik va butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik va Ollox buyurgan diniy e,:tiqodga imon keltirmoqlik demoqdir. Ollohga itoat qilgan va Ollox yuborgan payg’ambarlarga ergashgan kishi musulmon deyiladi. Iloxiyotda islom dini imon, islom va ehsondan iborat, deb etirof qilingan. Imon talablari va Ollohga etiqod, farishtalarga, oxirat kuniga, taqdiri azalga va o’lgandan keyin tirilishga ishonishdir. Musulmon ta’:limotiga ko’ra, har bir musulmon ushbu beshta ruknni bajarish zarur: q.
w. Namoz o’qish. e. Zakot berish. r.
t.
Imkoniga ko’ra haj qilish. Islom dinining asoschisi va targ’ibotchisi Muhammad ibn Abdulloh tu0 yilda Makkada qurayish qabilasiga mansub Hochimiylar honadonida tug’iladi. Otalari Shom safariga ketayotib Madina shahrida vafot topdilar, yoshlari q0 yoshga etmagan edi. Payg’ambarimiz o’ yoshlarida onalari Ominadan ham ajradilar, endi ularni bobolari Abdul Mutallibziyoda mehribonchilik ko’rsatib o’z tarbiyalariga oldilar. Bu chog’da bobosining yoshlari a’00 yoshdan oshgan edilar. Ko’p o’tmay ular ham bandalikni bajo keltirgach, bobolarining vasiyatlariga ko’ra, Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomni amakilari Abu tolib o’z tarbiyalariga oladilar. Oradan yillar o’tib payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom 609-6a’0 yllardan yakka xudoga e:tikod qilish g’oyasini targ’ib eta boshladilar. Hazrati Xadicha onamiz bir umr har jihatdan maslakdosh, hamro-hamfikr bo’lib kelgan edilar. Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning g’oyaviy e:tikodlariga qarshi kofirlar va Makka mushriklarining adovati kuchayganda kuchaydi, birnecha urushlar bo’ldi. Shundan so’ng allohning izni bilan Madinaga hijrotga ruhsat bo’ldi. Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom vassallam 6g’g’ yili sahobalar va o’z tarafdorlari bilan Madinaga qarab yo’l oldilar. Musulmonlarning hijriy yil hisobi shu yildan boshlanadi. 6qg’ yili Muhammad birinchi marta Makkaga haj qildi. Lekin bu haj uning ohirgi xaji hisoblanadi. U uch oydan sung, 6qg’ yilda Madinada vafot etadi. Bu paytda musulmon davlati paydo bo’lib ulgurgan bo’lib, u Yamandan Sinay yarim oroligacha, Qizil dengiz sohillaridan markaziy Qum saxrosigacha bo’lgan maydonni o’z ixtiyoriga olib, ancha mustahkamlanib olgan edi.
Muhammad alayhissalom vafot etganlaridan keyin uning o’rinbosarlari –xalifalari davlvtni boshqaradilar. Chunki Muhammaddan o’g’il voris kolmagan edi, faqat qizi Fotima bo’lib, keyinchalik Xalif Aliga turmushga chiqqan va ularning o’g’illari Hasan va Husan tug’ilgan. Muhammad alayhissalomdan keyin eng yaqin safdoshi –qaynotasi Abu Bakr (6qg’-6q4); so’ngra Umar (6q4-644); Usmon (644-6o’6) va nihoyat Ali (6o’6-66a’) xalifalik qildi. Xalifalik davrida islom ta’:limoti mustahkamlandi, ular Muhammad alayhissalom asos solgan islom diniy ta’:limotining asoslari ifodalangan «Qur,:on» nni tartib berdilar. Islom ahli uchun «Qur:,on» Ollox yigirma uch yil davomida Muhammad payg’ambar ko’ngliga solgan va keyinchalik uning yaqinlari tomonlari tomonidan yozib olinib kitob holiga keltirilgan oyatlardan iboratdir. Garb va Shark tadqiqotchilari «Qur:onni» jahon madaniyatining eng nodir asarlaridan biri deb hisoblaydilar. Xat-savodli bo’lgan Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd ibn Zobit, Ubay ibn Kaab kabilar Qur,:on so’zlarini qayd etib borganlar. Kur:on suzlari g’q yil davomida yod olinib xatga bitilgan. Birinchi bo’lib Zayd ibn Sobit kiyik terisidan bo’lgan sahifalarga ko’chirgan. Uchinchi xalifa Usmon uni 6 nusxa kuchirtirib markaziy shaxarlarga bittadan yuborib, Kur:onni fakat shu nusxasidan foydalanishga buyruq beriladi. Shunday qilib Qur:on musulmonlarning diniy, imjtimoiy va siyosiy hayotida doimiy qo’llanma bo’lib qoladi. «Quron» – jahon madaniyatining ulkan boyligi, barcha musulmonlarning muquddas kitobi bo’lib arab tilida «Qiroat» ma’nosi ma’:nosini anglatadi. U a’a’4 suradan iborat bo’lib kishilarni tenglikka, birodarlikka, tinch-totuv yashashga, sahiylikka undaydi. Shunga ko’ra, u katta axloqiy qimmatga ega. Shuning uchun u mana necha asrlardan beri insoniyatning eng ulug’ qadriyati sifatida e:zozlanib kelinmoqda. «Qur:on» komunistik mafkura tomonidan qoralanib kelindi. U insonning qadr -qimmatini kamsitadi, bilish va yaratuvchanlik rolini kamsitadigan, odamning istedod:ini ijtimoiy-foydali mehnatdan chalg’itadigan ta’limotni ilgari suradi, deb biryoqlama va teskari tashviqot qilindi. Aslini olganda islomda, islom odamlarni yaxshilikka da’vat etadi, yomonlikdan qaytaradi.Insonparvarlikni tag’ib etib, razolatni qoralaydi, odob-axloq, ruhiy-ma’naviy poklik va etuklikka, mehnat qilishga hamda er yuzini obod va go’zal etishga undaydi.U adolat , tenglik, tinchlik,erkni tarannum etadi.
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling