O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi respublika ta’lim markazi umumiy o‘rta ta’limning fizika fanidan davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi toshkent-2017


Mavzularni o‘rganish uchun - 58 soat (A1+: 82 soat)


Download 0.69 Mb.
bet22/53
Sana06.09.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1673767
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53
Bog'liq
umumiy-orta-talimning-fizika-fanidan-

Mavzularni o‘rganish uchun - 58 soat (A1+: 82 soat).
Nazorat ishlari uchun - 8 soat (A1+: 16 soat).
Takrorlash uchun -1 soat (A1+: 2 soat).
O‘quv sayohati - 1 soat (A1+: 2 soat).
Jami: 68 soat (A1+: 102 soat).
7-SINF
(68 soat, haftasiga 2 soat, A2+: 102 soat, haftasiga 3 soat)


O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:


Kommunikativ kompetensiya:
A2
darslikda keltirilgan fizik atamalarni, qonunlarni, qoidalarni og‘zaki va yozma tarzda aniq, tushunarli bayon qila olish;
boshqalarga tushuntirib bera olish va yoza olish, fizik kattaliklarning xorijiy tilda aytilishi va yozilishini bilish.
A2+
o‘z g‘oyalarini taqdim etish va himoya qila olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A2
darslik va turli masalalar kitobidan, kutubxona, resurs markazi manbalaridan o‘ziga kerakli ma’lumotlarni izlab topa olishi va ulardan foydalana olishi hamda fizik birliklarni boshqa ulushli va karrali birliklarga, jadval ko‘rinishdagi ma’lumotlarni, grafik ko‘rinishiga (va aksincha) aylantira olish.
A2+
turli manbalardan olingan kerakli ma’lumotlarni saralash va tahlil qilish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A2
doimiy ravishda o‘zini o‘zi jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganishi, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash va mustaqil qaror qabul qila olish.
A2+
ekologik dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling