Asosiy tayanch tushunchalar:
“Umumiy tilshunoslik kursi” asari haqida, til sistem xarakterdagi ijtimoiy hodisadir; til g`oya tashuvchi belgilar sistemasidir; tilning sinxron va diaxron aspektlari; til - ijtimoiy, nutq individual hodisa ekanligi; til birliklari orasidagi paradigmatik va sintagmatik munosabatlar xususida.
Tilshunoslikda XX asr boshlarigacha faollik ko`rsatgan qator lisoniy oqimlarga: yosh grammatikachilar ta`limotiga, naturalizm va psixologizm kabi yo`nalishlarga, ularning qarashlari hamda g`oyalariga zid bo`lgan yangi ta`limot, mukammal bir g`oya maydonga keldi. Bu yo`nalishga tilshunoslikdagi sociologik ta`limot - sotsiologik maktab nomi berildi. Ayni ta’limot tilning ijtimoiy hodisa ekanligini ta`kidlab, uning ijtimoiy vazifasini aloqa vositasi sifatida qat`iy belgiladi.
Еslatamiz, sotsiologik lingvistika o`z - o`zidan, bevosita paydo bo`lgani yo`q. U qadim davrdan boshlab, tilga - til va ja-miyat masalalariga bo`lgan turlicha qarashlarning, yondashishlar-ning ijobiy natijasi, ob`ektiv mahsuli sifatida qaror topdi .
Tilshunoslikdagi sociologik ta`limotning asoschilari F. de Sossyur va Antuan Meyelardir. Mana shu olimlar qayd etilgan yangi yo`nalishga «sociologik lingvistika» nomini berdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |