O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sud protsessida prokurorning ishtiroki


Download 284.5 Kb.
bet19/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

50-modda. Sud protsessida prokurorning ishtiroki
Agar fuqaro sog‘lig‘ining holati, yoshi yoki boshqa sabablarga ko‘ra sudda o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, prokuror fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega.
Qonunda nazarda tutilgan yoki sud ishda prokurorning ishtirok etishini zarur deb topgan hollarda, shuningdek prokurorning arizasi bilan qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha fuqarolik ishining muhokamasida prokuror ishtirok etishi shart.
Prokuror boshqa shaxslar tashabbusi bilan qo‘zg‘atilgan ish muhokamasining boshidan ishtirok etish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 204-moddasi birinchi qismi 3-bandi, 227-moddasi ikkinchi qismi, 245-moddasi, 277-moddasi birinchi qismi 12-bandi, 302, 307, 310, 313, 318, 322, 325, 329, 340, 397-moddalari, 434-moddasi ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni 33, 34, 35, 36-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentabrdagi 23-sonli “Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 13-bandi va 22-bandining to‘rtinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 25-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarorining 11-bandi.
51-modda. Prokurorning protsessual huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ariza bergan prokuror da’vogarning barcha protsessual huquqlaridan foydalanadi va barcha protsessual majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi, bundan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish huquqi va sud xarajatlarini to‘lash majburiyati mustasno.
(51-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 44-moddasi ikkinchi qismi.
Prokuror bergan arizasidan butunlay yoki qisman voz kechish, boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun o‘zi arz qilgan talablar bo‘yicha sudga tushuntirishlar berish, ish mazmuni yuzasidan, shuningdek ishning muhokamasi vaqtida kelib chiqqan ayrim masalalar bo‘yicha o‘z fikrini bayon etish, sud hujjati ustidan protest keltirish huquqiga ega.
Agar da’vogar rozi bo‘lmasa, prokuror o‘zi arz qilgan talablarning asosini yoki predmetini o‘zgartirishga, qo‘shimcha talablar bildirishga, da’vo talablarining miqdorini ko‘paytirishga yoxud kamaytirishga haqli emas.
Agar da’vogar prokuror tomonidan arz qilingan talabni qo‘llab-quvvatlamasa, agar bu uchinchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qilmasa, sud da’voni (arizani) ko‘rmasdan qoldiradi.
Prokurorning boshqa shaxs manfaatlarini himoya qilish uchun taqdim etgan o‘z da’vosidan (arizasidan) voz kechishi, ushbu shaxsni ishni mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni 3, 33, 34, 35, 36-moddalari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling