O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 284.5 Kb.
bet1/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIK PROTSESSUAL KODEKSI
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-bob. Asosiy qoidalar
1-modda. Fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buyruq tartibidagi ishlarni, da’vo tartibidagi ishlarni, alohida tartibda yuritiladigan ishlarni, hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan bog‘liq ishlarni va chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqish hamda hal etish tartibini belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 1-kichik bo‘limi (18-bob, 170 — 181-moddalar), 2-kichik bo‘limi (19 – 26-boblar, 182 – 292-moddalar), 3-kichik bo‘limi (27 — 37-boblar, 293 – 345-moddalar), 4-kichik bo‘limi (38 – 40-boblar, 346 – 358-moddalar), III-bo‘limi (41,42-boblar, 359 – 372-moddalar), IV bo‘limi (43 – 47-boblar, 373 – 445-moddalar), V bo‘limi (446 – 462-moddalar).
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida ko‘rsatilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
2-modda. Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari
Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat:
fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini to‘g‘ri, o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hal etish;
qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, demokratiyani, ijtimoiy adolatni, fuqarolar o‘rtasida tinchlik va milliy totuvlikni ta’minlashga ko‘maklashish;
qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18, 24 — 25, 27, 30, 32 va 36 — 39-moddalari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling