2. Jamiyatni erkinlashtirishning yangi bosqichi Demokratiyani yanada chuqurlashtirish. Ko’ppartiyaviylik
Download 70 Kb.
|
3-seminar O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Demokratiyani yanada chuqurlashtirish. Ko’ppartiyaviylik 4. Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish Tayanch so‘zlar
- Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar
Seminar O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar Reja: 1. O‘zbekistonda demokratik mustaqil fuqarolik jamiyatining qaror topishi 2. Jamiyatni erkinlashtirishning yangi bosqichi 3. Demokratiyani yanada chuqurlashtirish. Ko’ppartiyaviylik 4. Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish Tayanch so‘zlar: demokratiya, fuqaro, fuqarolik jamiyati, fuqarolik jamiyati institutlari, nomarkazlashtirish, davlat, o‘zini o‘zi boshqarish, ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, harakatlar, huquqiy davlat, davlat hokimiyati, institutlar, fuqarolarning huquq va erkinligi, inson huquqlari, huquq. Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar: Abduazimov O. Fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalari. –T.: Akademiya, 2008. G‘ulomov M. Mahalla – fuqarolik jamiyatining asosi. –T. Adolat, 2003. Jalilov Sh. Fuqarolik jamiyatining poydevori. – T.: O‘zbekiston, 2003. Islomov Z.M. O‘zbekiston modernizatsiyalash va demokratik taraqqiyot sari. – T.: O‘zbekiston, 2005. Qirg‘izboev M. Fuqarolik jamiyati: genezisi, shakllanishi va rivojlanishi.- T.: O‘zbekiston, 2010. Qirg‘izboev M. Fuqarolik jamiyati: nazariya va xorijiy tajriba. – T.: Yangi asr avlodi, 2006 i dr. Qirg‘izboev M. Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, siyosiy mafkuralar, siysiy madaniyatlar. T.: Sharq. 1998. Mavlonov J.Yo. Grajdanskoe obщestvo: ot konsepta k konsepsiyam i paradigmam (sotsialno-filosofskiy analiz). Monografiya. T.: Istiqlol nuri. 2014. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning dolzarb muammolari: O‘quv qo‘llanma / T. Do‘stjonov, M. Mirhamidov, S. Hasanov. – T.: Iqtisod – Moliya, 2006 i dr. 10.Sharifxo‘jaev M. O‘zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi. –T.: Sharq, 2003. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish islohotlari eng murakkab va mashaqqatli sinovlardan o‘tdi. Chunki, mamlakatda eskidan meros bo‘lib qolgan davlatchilik an’analari va totalitar jamiyat asoratlari hali saqlanmoqda edi. Shuningdek, xalqning ham hali yangi jamiyat qurish va uni tashkil etishga doir tajribasi kam, ruhiyati va siyosiy madaniyati esa fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi tasavvurlardan ancha uzoq edi. Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishning asosiy kafolati, ya’ni ularning huquqiy asoslarini yaratish maqsadlarida 1991 yilning 15 fevralida O‘zbekiston Oliy Kengashi «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi qonunni qabul qildi. Mazkur qonun respublikada faoliyat yuritib kelayotgan jamoat birlashmalari faoliyatini tubdan isloh qilishga, ularni sobiq yakkahokim mafkuradan poklanishiga, shuningdek, jamoat birlashmalari tizilmalarini davlat va hukumat tizimidan ajratishga huquqiy shart-sharoitlar yaratib berdi. Respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida birinchi marta mazkur qonunda jamoat birlashmalarining maqsadlari xalqaro va demokratik mezonlar asosida ta’riflab berildi: «Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqiy hamda erkinliklarni ro‘yobga chiqarish va himoya qilish, fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamoat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish...»1 maqsadlarida tuziladi. Mamlakat tarixida ilk bor fuqarolik jamiyati institutlari -jamoat birlashmalarining mustaqilligi, ularning davlat va hukumatdan alohida faoliyat yurituvchi huquqiy sub’ekt ekanligi tan olindi. Bu holat fuqarolik jamiyatiga xos belgilardan biri edi. Qonunda davlat idoralari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashish, shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat idoralari va mansabdor shaxslarning faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligi huquqiy jihatdan mustahkamlandi. O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati barpo etish ham milliy, ham rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasida obdan sinalgan demokratik qadriyatlar asosida amalga oshirishga muhim ahamiyat berildi. Chunki, demokratik qadriyatlar nafaqat xalqaro tajriba va sinovlardan o‘tganligi uchun, balki o‘zbek xalqining milliy manfaatlariga mos kelganligi uchun ham islohotlar jarayonlariga tatbiq etila boshlandi. 2002 yilning 29-30 avgustida bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Mamlakatda «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilidan kelib chiqib, fuqarolik jamiyatiqurish maqsadlarida davlat hokimiyatining aksariyat vakolatlarini mahalliy hokimiyat organlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berish jarayonlari boshlandi. Markaziy davlat hokimiyati tasarrufida esa asosan, faqat konstitutsion tuzumni, mamlakatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot va mudofaa qobiliyatini ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat erkinligini himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi vakolatlarni qoldirish ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, strategik ahamiyatga molik masalalar, muhim iqtisodiy va xo‘jalik masalalari, pul va valyuta muomalasi bo‘yicha qarorlar qabul qilish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, ekologiya masalalari, umumrespublika transport va muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab chiqarishni barpo etish masalalari markaziy davlat miqyosida hal etilishi, davlatning boshqa barcha vazifalari esa mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish uchun huquqiy asoslar va siyosiy shart-sharoitlar yaratishga doir islohotlar chuqurlashib bormoqda. Shu bilan birga, davlat organlari faoliyatini nazorat qilish vakolatlari ham asosan o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga o‘tkazish belgilandi. Mamlakatda ikki palatali parlament islohotlari bilan uzviy bog‘liqlikda nodavlat nodavlat tashkilotlarni ijtimoiy qatlamlar, guruhlar manfaatlari hamda irodalarini ifodalovchi tashkilotlar darajasiga ko‘tarish, jamiyatdagi turli tuman ijtimoiy qatlamlarning manfaatlarini muvofiqlashtirish, jamiyatni doimiy barqaror bo‘lishiga zamin yaratish, shuningdek fuqarolarning jamiyat va davlat organlarini boshqarishdagi ishtirokini kengayishiuchun keng shart-sharoitlar va ijtimoiy-siyosiy kengliklar yaratildi. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining davlat va qonunlar tomonidan kafolatlanishi islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun imkoniyatlar yaratdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston jamiyati siyosiy tizimida ikki palatali parlament islohotlarining boshlanishi ham davlat hokimiyati tizimiva jamiyat institutlarini har tomonlamamodernizatsiyalashtirishva isloh etish uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yanada kengaytirdi. Avvalambor, parlament islohotlari natijasida jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlar va guruhlarning manfaatlari va irodalarini ifodalovchi yangi institutlar - parlamentning Qonunchilik palatasi va Senatning shakllanishi natijasida bu turli-tuman manfaatlarni qonunlar va siyosiy qarorlarda ifodalana olish imkoniyatlari yaratildi. Albatta, bu o‘zgarishlar fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan qadriyatlardan biri - fuqarolar istaklari va manfaatlarini fuqarolik institutlari vositasida davlat irodasi hamda davlat vazifasi darajasiga ko‘tarish amaliyotiga erishildi. Shuningdek, fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan qonunlar qabul qilishning o‘zigaxos imkoniyatlari yaratildi. O‘zbekiston davlati va xalqi mamlakatda huquqiy davlat qurish yo‘lini tanladi. Chunki, dunyoning rivojlangan davlatlarida shakllangan huquqiy davlat sharoitidagina fuqarolik jamiyatini shakllanishi uchun imkoniyatlar yaratiladi, jamiyatda doimiy barqarorlik va xalq farovonligi ta’minlanadi. Umuman, huquqiy davlat tarix tajribasi va imtihonidan muvaffaqqiyatli o‘tdi. Shuningdek, huquqiy davlat xalqqa nisbatan kuchli ijtimoiy siyosat yuritishi bilan ham ajralib turadi. Fuqarolik jamiyati qurishda davlatning bosh islohotchilik o‘rni deganda, bu birinchidan, mamlakatda huquqiy davlat qurish demakdir. Chunki, faqat huquqiy davlat sharoitidagina fuqarolik jamiyati qurish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. O‘z o‘rnida, huquqiy davlat ham o‘z shakllanish jarayonida fuqarolik jamiyati sari rivojlanish natijalaridan oziqlanadi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati – bu bir medalning ikki tomonidir: bu ikki tomon bir butunlikni tashkil etadi. Ikkinchidan, davlatning bosh islohotchiligi – bu davlat tomonidan fuqarolik jamiyatining shakllanishi va yashashi uchun huquqiy asoslarning yaratib berilishidir. Uchinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllanib, bo‘y cho‘zishi uchun davlat tomonidan ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatlardan muhofaza qilish demakdir; To‘rtinchidan, davlatning bosh islohotchiligi – bu fuqarolik jamiyatining shaklanishi va rivojlanishi uchun davlat tomonidan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlanishidir. Chunki, fuqarolik jamiyati faqat va faqat ijtimoiy barqaror muhitdagina shakllanadi yoki rivojlanadi; Beshinchidan, davlatning bosh islohotchiligi – bu davlat tomonidan fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi - o‘rta sinfni shakllantirish siyosatini olib borishdir. Chunki, fuqarolik jamiyati g‘oyasi, uni shakllantirish o‘rta sinf tashabbusi bilan boshlangan edi. Qolaversa, o‘rta sinf jamiyatda ko‘payib borishiga mutanosib ravishda fuqarolik jamiyatining institutlari rivojlanib boradi. Albatta, O‘zbekistonda davlatning bosh islohotchiligi natijasi o‘laroq nafaqat fuqarolik jamiyati, balki huquqiy davlat ham shakllanadi. Huquqiy davlat unsurlari paydo bo‘lishi bilan fuqarolik jamiyati tuzilmalari shakllana boshlaydi. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatini yaxshi idrok etish uchun “huquqiy davlat” tushunchasini bilishga ehtiyoj tug‘iladi. Rivojlangan mamlakatlarda huquqiy davlatning paydo bo‘lishi fuqarolik jamiyati tushunchalarini talqin etishga ham kuchli ta’sir etdi. Jumladan, fuqarolik jamiyati tushunchasinikeng va tor ma’nolardaishlatish rusumga kirdi. Keng ma’nodagifuqarolikjamiyati - davlat va uning tizilmalari tomonidan jamiyatni egallab olmagan qismi, boshqacha aytganda, davlatningqo‘lietmaganqismidir. Bu kabi jamiyat davlatga nisbatan avtonom, bevositaunga qarambo‘lmagan qatlam sifatidarivojlanadi. Shuningdek, fuqarolikjamiyati keng ma’nodafaqat demokratik qadriyatlari muhitidagina emas, balkiavtoritarizm rejimida ham yashay oladi. Lekin, totalitarizmning paydo bo‘lishi bilan fuqarolikjamiyati siyosiy hokimiyattomonidan butunlay «yutib» yuboriladi. Fuqarolik jamiyati tushunchasi tor ma’noda talqin etilganda, u huquqiy davlatningikkinchi tomoni bo‘lib, ular bir-birlarisiz yashay olmaydi. Fuqarolik jamiyati bozor iqtisodiyoti va demokratik huquqiydavlat sharoitida davlattasarrufida bo‘lmaganerkin va teng huquqli individlarning o‘zaromunosabatlaridagi plyuralizmdan tashkil topadi. Bunday sharoitlarda jamiyatsohalariga xususiy manfaatlar va individualizmning erkinmunosabatlari qamrab olinadi. Bu kabi jamiyatningshakllanishi,uning rivojlanishi individlarningerkinlikka intilishi, ularningdavlatga tobe bo‘lgan fuqarolikdan erkin mulkdor fuqarolarga aylanishi, o‘z shaxsiy hurmat-obro‘sinihis qila borishi, xo‘jalik va siyosiy mas’ullikni o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Fuqarolik jamiyati institutlarining davlat hokimiyati institutlari bilan muvozanat saqlashi, jamiyat institutlarini davlat organlaridan mustaqil faoliyat ko‘rsatishida jamiyat va davlatni rivojlantirish omillaridan eng asosiysi, bu - siyosiy plyuralizmdir. Jamiyatda plyuralizmning yetishmasligi oqibatida fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tizimi «yutib» yuborishini tarix o‘z vaqtida isbotlab bergan. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi siyosiy plyuralizmni davlat va jamiyatning yashash prinsipi sifatida e’tirof etilishi fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlanishiga har tomonlama shart-sharoitlar yaratib berdi. Xususan, Konstitutsiyaning 12-moddasi quyidagicha talqin qilinadi: «O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas». 2018 yil 4 mayda O’zbekiston Prezidentining “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi tashkil etildi. So’nggi uch yil davomida ushbu sohaga doir 200 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Shu bilan birga Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar mohiyatidan kelib chiqib, amaldagi qonun hujjatlari yanada takomillashtirilmoqda va bugungi davr talablari asosida yangi qonunlar qabul qilinmoqda. Bu haqda so‘z borganda, avvalambor, 2018 yil 12 aprelda qabul qilingan “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonuni davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solib kelmoqda. Mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab davlat boshqaruvidagi asosiy institutlar — Prezidentlik, Oliy Majlis hamda davlat hokimiyatining vakillik organlarini demokratik saylovlar asosida shakllantirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratildi. O‘tgan davrda erkin va adolatli saylovlarning qonunchilik asoslarini shakllantirish hamda yanada rivojlantirish borasida katta amaliy tajriba to‘plandi. Bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunlar kabi saylov jarayonlarini huquqiy tartibga soluvchi o‘nga yaqin hujjat qabul qilindi. Mazkur qonunlarda saylov tizimi, uning mohiyati, saylash hamda saylanish huquqi, saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish, saylovlardagi ochiqlik hamda oshkoralik, saylov komissiyalarining huquq va vakolatlari, ovoz berish tartibi hamda uning natijalarini aniqlash, fuqarolarning saylovlardagi ishtiroki, saylov huquqining kafolatlari, saylovlarni moliyalashtirish kabi masalalarni huquqiy tartibga soluvchi qoidalar belgilandi. Milliy saylov qonunchiligimiz yurtimizda o‘tkazilgan o‘nga yaqin saylovlarda to‘plangan boy amaliy tajriba asosida, xalqaro saylov standartlari, fuqarolarning siyosiy-huquqiy ongi va madaniyatining yuksalib borishi, amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarga mos tarzda tadrijiy ravishda takomillashtirib borilmoqda. O‘zbekistonda milliy saylov qonunchiligi shakllanishi hamda tizimli rivojlanishini quyidagi asosiy bosqichlarda ko‘rsatish mumkin. Birinchi bosqich 1991-2000-yillarni o‘z ichiga olib, milliy saylov qonunchiligining ilk shakllanish davri hisoblanadi. Mamlakatimizda 1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi demokratik saylov qonunchiligini shakllantirish borasida dastlabki qadam bo‘ldi. Mazkur Qonun davlat mustaqilligining ilk kunlarida qabul qilingan, O‘zbekistonning davlat boshqaruvini demokratik asosda tashkil etishini anglatadigan muhim huquqiy asos edi. Bu bosqichda milliy davlatchiligimizning asosiy huquqiy hujjati — Konstitutsiya qabul qilinishi va unda saylov tizimiga alohida bob ajratilishi yurtimizda yangi saylov qonunchiligining shakllanishi uchun mustahkam poydevor bo‘ldi. Ushbu huquqiy zaminga tayangan holda saylov qonunchiligi xalqaro demokratik mezonlarga hamohang tarzda rivojlanib, takomillashib bordi. Milliy saylov qonunchiligining shakllanishida 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonun alohida ahamiyatga ega. Ushbu Qonun mamlakatda o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda, demokratik islohotlarning dastlabki bosqichida umum-e’tirof etilgan xalqaro saylov standartlari, shuningdek, muqobillik, ko‘ppartiyaviylik asosida saylovlarni tashkil etishga oid demokratik huquqiy qoida hamda normalarni o‘zida aks ettirdi. 1994-yil 5-mayda yana bir muhim hujjat — “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun saylovchilarning faol saylov huquqi va o‘z xohish irodasini erkin ifodalash mexanizmini amalda mustahkamlab berdi. Saylov qonunchiligi shakllanishining dastlabki bosqichi saylov tizimining konstitutsiyaviy asoslari yaratilgani, Prezidentlik, Oliy Majlis, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari kabi vakillik organlariga saylov o‘tkazishning huquqiy poydevori shakllantirilgani bilan ahamiyatlidir. Ayni vaqtda fuqarolarning saylov huquqlari umume’tirof etilgan xalqaro saylov standartlari tamoyillari asosida kafolatlandi, saylovlarni tashkil etishga vakolatli organning huquqiy maqomi alohida qonun orqali tartibga solindi. Ikkinchi bosqich milliy saylov qonunchiligini fuqarolarning saylov huquqlarini kafolatlash, milliy parlamentarizm taraqqiyoti hamda ko‘ppartiyaviylik tizimini mustahkamlash asosida yanada demokratlashtirish davri bo‘lib, bu 2001-2010-yillarni o‘z ichiga oladi. Mazkur bosqichning o‘ziga xos jihati shundaki, unda bir palatali Oliy Majlisning ikki palatali parlamentga aylantirilishi asosida quyi — Qonunchilik palatasini ko‘ppartiyaviylik asosida shakllantirish, buning uchun muqobillik tamoyillariga muvofiq saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish masalalari ustuvor ahamiyat kasb etdi hamda bunday huquqiy mexanizmlar milliy saylov qonunchiligida o‘z ifodasini topdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasidagi ma’ruzasida bildirilgan takliflar asosida qabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun 2004-yilgi parlament saylovlarida muhim huquqiy asos vazifasini o‘tagani holda, siyosiy partiyalar ishtiroki va rolini oshirdi. Shuni alohida qayd etish lozimki, mamlakatimiz saylov tizimi rivojida 2008-yilda saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlar muhim bosqich bo‘ldi. Qonunchilik pala-tasidagi deputatlik o‘rin-lari soni 120 tadan 150 taga ko‘paytirildi. Bundan tash-qari, qonun hujjatlariga saylov jarayonining yanada liberallashuvini ta’min-laydigan bir qator norma-lar kiritildi. Jumladan, saylovda ishtirok etadigan siyosiy partiyalarning ro‘y-xatdan o‘tishi uchun o‘rna-tilgan muddat 6 oydan 4 oyga tushirildi. Ayni vaqtda siyosiy partiya-larning saylovda qatnashishi uchun ruxsat berish masalasini hal etish borasida zarur bo‘ladigan saylovchilar imzosining miqdori avvalgi 50 ming imzo o‘rniga 40 ming qilib belgilandi. Deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari soni 5 nafardan 10 nafargacha ko‘paytirildi. Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga siyosiy partiyaning “vakolatli vakili” degan yangi institut kiritildi. Shuningdek, avvallari sodir etgan har qanday jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar deputatlikka nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin emas edi. So‘nggi o‘zgartishlarga muvofiq, faqat sodir etgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolargina deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinmasligi belgilandi. Bu kabi islohotlar milliy saylov tizimining izchil hamda bosqichma-bosqich liberallashuvini, ikki palatali parlament saylovlarining qonun talablari va umum-e’tirof etilgan xalqaro prinsip hamda normalarga to‘la mos holda o‘tkazilishini ta’minlaydigan mukammal qonunchilik bazasining shakllanishiga olib keldi. Uchinchi bosqich o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, yurtimizdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida fuqarolar saylov huquqi erkinligini ta’minlashning huquqiy kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, 2011-yildan boshlab bugungi kunga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrdagi islohotlarning g‘oyaviy asosini O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi tashkil etadi. Mazkur Konsepsiyada bayon qilingan takliflar asosida 2012-yil 20-dekabrda saylov qonunchiligiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun qabul qilindi. Mazkur yangi Qonun bilan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonunlarga yangi modda hamda qo‘shimchalar kiritildi. Ularga saylovoldi tashviqotining mazmun-mohiyatini ochib beradigan, uni amalga oshirish shakllari, usullari va turlarini aniq ko‘rsatadigan, ovoz berish kunidan bir kun oldin saylovoldi tashviqotini amalga oshirish mumkin emasligini aks ettirgan, muddatidan avval ovoz berish tartibini aniqlashtiradigan, ovoz berish kuni jamoat fikri so‘rov-lari natijalari, saylov natijalari prognozlari va o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilishni taqiqlaydigan, saylovlarning ochiq, oshkora hamda shaffofligini ta’minlashni yanada kuchaytiradigan yangi normalar kiritildi. 2014-yilning aprelida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga qo‘shimcha sifatida kiritilgan Markaziy saylov komissiyasiga konstitutsiyaviy organ maqomini berishga oid yangi qoidalar, 2014-yil 4-sentabrda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda Budjet kodeksiga saylovlarga oid yangi normalarning kiritilganini ham qayd etish zarur. Mazkur bosqichdagi so‘nggi yangiliklar sifatida 2015-yil 29-dekabrda imzolangan qonunga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni ko‘rsatish mumkin. Unga muvofiq, ushbu Qonunga boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilarga mandatlar berish tartibiga oid, qamoqda saqlash joylarida ovoz berishni tartibga soluvchi, saylovchilar ro‘yxatini tuzishga doir, saylovoldi tashviqoti, uni amalga oshirish shakllari, usullari, turlari hamda muddatlarini aniq belgilaydigan, muddatidan avval ovoz berish tartibini yanada soddalashtiradigan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlash maqsadida siyosiy partiyalar tomonidan yig‘iladigan imzo varaqalarining sonini qisqartirishga oid yangi normalar kiritildi. Mamlakatimiz saylov qonunchiligiga kiritilayotgan bunday yangiliklar saylovlarni adolatli, ochiq-oshkora, qonuniy, xalqaro normalarga mos tarzda o‘tkazish barobarida, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi bilan bog‘liq siyosiy huquqlarini kafolatlashga, yurtimizda davlat hokimiyati vakillik organlarining demokratik tamoyillar asosida shakllanishiga, siyosiy partiyalarning mazkur jarayonda faol qatnashishini ta’minlashga qaratilmoqda. 1Ўзбекистон Республикасининг «Ўзбекистон Республикасида жамоат бирлашмалари тўғрисида»ги Қонуни.//Ўзбекистон Республикасининг қонунлари. 4-сон. -Т.: Адолат, 1993.-Б.155. Download 70 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling