O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar


Download 284.5 Kb.
bet14/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

39-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar
Taraflar, uchinchi shaxslar, ularning vakillari, ariza beruvchilar va sudda ko‘rilayotgan alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha boshqa manfaatdor shaxslar, prokuror, ishda boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etadigan davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb tan olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 43, 48, 49, 50, 52, 54, 58, 61, 63, 65 — 67-moddalari.
40-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko‘chirmalar olish, nusxalar ko‘chirish, rad etish to‘g‘risida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga og‘zaki va yozma tushuntirishlar berish, sud muhokamasi davomida yuzaga keladigan barcha masalalar bo‘yicha o‘zlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi e’tirozlar bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish, sud hujjatlarining majburiy ijrosini talab qilish, davlat ijrochisi tomonidan harakatlar sodir etilishida hozir bo‘lish va o‘z huquqlarini amalga oshirish huquqiga egadir.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa protsessual huquqlardan ham foydalanadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘zlariga berilgan barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishi va o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 44, 51, 53-moddalari, 57-moddasining birinchi qismi, 59-moddasi, 60-moddasining birinchi qismi, 62, 64, 69-moddalari.
41-modda. Fuqarolik protsessual huquq layoqati
Barcha fuqarolar va tashkilotlarning fuqarolik protsessual huquq va majburiyatlarga ega bo‘lish layoqati (huquq layoqati) teng ravishda e’tirof etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 17, 18, 41, 1169 va 1176-moddalari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling