O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 44-modda. Taraflarning protsessual huquq va majburiyatlari
- 45-modda. Protsessda birgalikda ishtirok etish
43-modda. Taraflar
Da’vogar (ariza beruvchi) va javobgar fuqarolik sud ishlarini yuritishning taraflaridir. O‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat etgan yoinki manfaatini ko‘zlab ish qo‘zg‘atilgan shaxs da’vogardir. O‘ziga nisbatan talab taqdim etilgan shaxs javobgardir. Alohida tartibda yuritiladigan ishlar va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa ishlar bo‘yicha ariza bergan shaxs arizachidir. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 3-kichik bo‘limi, 118, 365, 439, 462-moddalari. 44-modda. Taraflarning protsessual huquq va majburiyatlari Taraflar protsessual huquqlardan teng foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo‘ladilar. Da’vogar bildirilgan talablarning asosini yoki predmetini o‘zgartirishga, qo‘shimcha talablar taqdim etishga, da’vo talablarining miqdorini oshirishga yoxud kamaytirishga, ulardan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli. Javobgar da’vogarning talabini to‘liq yoki qisman tan olishga, qarshi da’vo taqdim etishga haqli. LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 14-bandi. Oldingi tahrirga qarang. Da’vo ishini yuritishda taraflar sud protsessining har qanday bosqichida ishni kelishuv bitimi tuzish yoki birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar mediativ kelishuv tuzish orqali tugallashga haqli. (44-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son) 45-modda. Protsessda birgalikda ishtirok etish Da’vo bir nechta da’vogar tomonidan birgalikda yoki bir nechta javobgarga nisbatan taqdim etilishi (protsessda birgalikda ishtirok etish) mumkin. Protsessda birgalikda ishtirok etishga alohida tartibda yuritiladigan ishlar bo‘yicha ham yo‘l qo‘yiladi. Protsessda birgalikda ishtirok etishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi, agar: nizo predmeti bir nechta da’vogarning yoki javobgarning umumiy huquqlari yoki majburiyatlari bo‘lsa; bir nechta da’vogarning yoki javobgarning huquq va majburiyatlari bitta asosga ega bo‘lsa; nizo predmeti bir turdagi huquq va majburiyatlardan iborat bo‘lsa. Da’vogarlar va javobgarlardan har biri boshqa tarafga nisbatan protsessda mustaqil ravishda ishtirok etadi. Uchinchi shaxslar ham protsessda birgalikda ishtirok etishlari mumkin. Protsessda birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishi mumkin. Sud nizolashilayotgan huquqiy munosabatning xususiyatini inobatga olgan holda ishga jalb etilmagan sherik javobgarni ishda ishtirok etish uchun o‘z tashabbusiga yoki taraflarning iltimosnomasiga ko‘ra jalb qilishga haqli. Boshqa sherik javobgar ishda ishtirok etish uchun jalb qilinganda ishni ko‘rish boshidan boshlanadi. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling