O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish


Download 284.5 Kb.
bet17/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

46-modda. Ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish
Sud da’vo bo‘yicha javob berishi lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan da’vo taqdim etilganligini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar da’vogarning roziligi bilan ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni ishga daxldor javobgar bilan almashtirishga yo‘l qo‘yishi mumkin.
Agar da’vogar javobgarning boshqa shaxs bilan almashtirilishiga rozi bo‘lmasa, sud bu shaxsni sherik javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin.
Ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish haqida sud ajrim chiqaradi.
Ishga daxldor bo‘lmagan javobgar almashtirilgandan so‘ng ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
47-modda. Protsessual huquqiy vorislik
Nizoli yoki sudning hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatda taraflarning biri, uchinchi shaxs yoki ularning qonuniy vakili chiqib ketgan taqdirda (fuqaroning o‘limi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talabdan voz kechish, qarzning boshqa shaxsga o‘tkazilishi va h.k.) sud bu shaxslarni ularning huquqiy vorislari bilan almashtirishga yo‘l qo‘yadi.
Huquqiy vorislik fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin. Huquqiy vorisning sud protsessiga kirishganligi haqida ajrim chiqariladi.
Taraf huquqiy voris bilan almashtirilgandan so‘ng sud protsessi almashtirish amalga oshirilgan bosqichdan davom ettiriladi.
Huquqiy voris sud protsessiga kirishguniga qadar amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga o‘rnini bo‘shatib bergan shaxsga qay darajada majburiy bo‘lgan bo‘lsa, huquqiy vorisga ham shu darajada majburiydir. Huquqiy voris ishga doir barcha materiallar bilan tanishishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 116-moddasi 1-bandi, 124-moddasi 6-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 50, 313, 322, 1113-moddalari.
48-modda. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar ishga kirishishi mumkin. Ular da’vogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va uning barcha majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar ishga sud muhokamasi boshlanganidan so‘ng kirishgan bo‘lsa, ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 185-moddasi, 204-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 244-moddasi uchinchi qismi, 278-moddasi uchinchi qismi, 329, 390-moddalari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling