O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Alohida toifadagi ishlar bo‘yicha qaytarma ijroning o‘ziga xos jihatlari


Download 284.5 Kb.
bet194/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

461-modda. Alohida toifadagi ishlar bo‘yicha qaytarma ijroning o‘ziga xos jihatlari
Mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha pul summalarini undirish to‘g‘risidagi, intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun haq undirish haqidagi, alimentlar undirish to‘g‘risidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha shikast yetganlik, shuningdek boquvchining vafot etishi natijasida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari bekor qilingan taqdirda, agar bekor qilingan sud hujjati da’vogar bergan soxta ma’lumotlarga yoxud u taqdim etgan qalbaki hujjatlarga asoslangan bo‘lsa, sud hujjatining qaytarma ijrosiga yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 266, 449, 458 — 460-moddalari.
462-modda. Yo‘qolgan ijro ishini yuritishni tiklash
Yo‘qolgan ijro ishini yuritish sud tomonidan ishda ishtirok etgan shaxslarning, ijro ishini yuritish taraflarining, davlat ijrochisining, prokurorning arizasiga ko‘ra, shuningdek ijro hujjatini bergan sudning yoki boshqa organning tashabbusi bo‘yicha tiklanishi mumkin.
Yo‘qolgan ijro ishini yuritish to‘liq tiklanadi yoki uning sud fikriga ko‘ra tiklanishi zarur bo‘lgan qismi tiklanadi.
Yo‘qolgan ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ariza sud hujjati ijro etiladigan joydagi sudga beriladi.
Arizada ijro ishini yuritish to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Arizachida saqlanib qolgan va ijro ishini yuritishga daxldor bo‘lgan hujjatlar yoki ularning ko‘chirma nusxalari arizaga ilova qilinadi.
Sud ishni ko‘rayotganda ijro ishini yuritishning saqlanib qolgan qismidan, ish yo‘qolguniga qadar undan jismoniy va yuridik shaxslarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning ko‘chirma nusxalaridan, shuningdek ijro ishini yuritishga daxldor bo‘lgan boshqa ma’lumotnomalar va hujjatlardan foydalanadi.
Sud ijro harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etgan yoki hozir bo‘lgan shaxslarni guvoh sifatida so‘roq qilishi mumkin.
Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud ajrim chiqaradi, uning ko‘chirma nusxalari ijro ishining taraflariga va davlat ijrochisiga yuboriladi.
To‘plangan materiallar yo‘qolgan ijro ishini yuritishni aniq tiklash uchun yetarli bo‘lmasa, sud ajrim chiqarib, ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishni tugatadi. Bu holda arizachi umumiy tartibda da’vo taqdim etishga haqli.
Arizachi yo‘qolgan ijro ishini yuritishni tiklash to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilishi chog‘ida sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini to‘lashdan ozod qilinadi. Bila turib yolg‘on ariza berilganda sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 43, 50, 446-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 43-moddasi.


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 02/18/FPK/0612-son, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son; 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son; 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son; 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son; 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son, 11.03.2020-y., 03/20/608/0278-son)
Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling