O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 284.5 Kb.
bet186/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

442-modda. Arizani ko‘rish
Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda sud majlisida, arizachini va ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda ko‘riladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 439 —441-moddalari.
443-modda. Sud hujjatini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ajrim
Sud yangi ochilgan holatlar bo‘yicha hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib, uni qanoatlantiradi va hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni bekor qiladi yoxud ishni qayta ko‘rishni rad qiladi. Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tilxat olib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 442, 444, 445-moddalari.
444-modda. Sudning ajrimi ustidan shikoyat qilish
Hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Xususiy shikoyatda (protestda) xususiy shikoyat (protest) bergan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 443-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni 35-moddasi birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qarori 15-bandi o‘n to‘qqizinchi xatboshisi.
445-modda. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari
Hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, ish sud tomonidan umumiy asoslarda ko‘riladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 207 — 279-moddalari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling