O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish


Download 284.5 Kb.
bet184/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

47-bob. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish
437-modda. Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha sud hujjatlarini qayta ko‘rish asoslari
Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlar yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rilishi mumkin.
Hal qiluv qarorlari, ajrimlar va qarorlarni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
1) arizachiga noma’lum bo‘lgan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, lekin ish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar, agar ular ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lsa;
2) sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan, qonunga xilof, asossiz yoki adolatsiz qaror chiqarilishiga sabab bo‘lgan holatlar, ya’ni guvohning bila turib bergan yolg‘on ko‘rsatuvi, ekspertning bila turib bergan yolg‘on xulosasi, atayin noto‘g‘ri qilingan tarjima, qalbaki hujjatlar yoki ashyoviy dalillar;
3) taraflarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning yoki sudyalarning mazkur ish bo‘yicha qonunga xilof, asoslantirilmagan yoxud adolatsiz sud hujjati qabul qilinishiga sabab bo‘lgan, sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari;
4) sud hal qiluv qarorining, hukmining, ajrimining yoki qarorining yoxud shu hal qiluv qarori, ajrim va qaror chiqarilishiga sabab bo‘lgan boshqa organ qarorining bekor qilinishi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 374-moddasi birinchiqismi 6-bandi, 375-moddasi ikkinchi qismi, 438 — 445-moddalari.
438-modda. Sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘radigan sudlar
Qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ushbu hal qiluv qarorini chiqargan sud tomonidan yangidan ko‘riladi. Apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudlarining qaysi ajrimlari va qarorlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori o‘zgartirilgan yoxud yangi hal qiluv qarori qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha qarorlar va ajrimlarni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish sud hujjatini o‘zgartirgan yoki yangi hal qiluv qarori qabul qilgan sud tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 260, 443-moddalari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling