O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Nazorat shikoyatini (protestini) to‘ldirish, o‘zgartirish, shikoyatdan voz kechish va protestni chaqirib olish


Download 284.5 Kb.
bet183/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

435-modda. Nazorat shikoyatini (protestini) to‘ldirish, o‘zgartirish, shikoyatdan voz kechish va protestni chaqirib olish
Nazorat tartibida shikoyat bergan shaxs uni to‘ldirish, o‘zgartirish yoki undan voz kechishga haqli.
Protest keltirgan mansabdor shaxs protestni to‘ldirish, o‘zgartirish yoki chaqirib olishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari tomonidan keltirilgan protest O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan ham to‘ldirilishi, o‘zgartirilishi yoki chaqirib olinishi mumkin.
Protestni to‘ldirish, o‘zgartirish yoki chaqirib olishga protest ko‘riladigan sud majlisi boshlanguniga qadar yo‘l qo‘yiladi. Protest to‘ldirilganligi, o‘zgartirilganligi yoki chaqirib olinganligi haqida ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinadi.
Shikoyatdan voz kechish qabul qilinganligi to‘g‘risida va protest chaqirib olinganida, agar sud hujjati ustidan boshqa shaxslar shikoyat qilmagan bo‘lsa, nazorat instansiyasi sudi ajrim chiqarib, nazorat tartibida ish yuritishni tugatadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 422, 423, 427, 432-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonuni 36-moddasi.
436-modda. Nazorat instansiyasi sudining vakolatlari
Nazorat instansiyasi sudi ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqqanda quyidagilarga haqli:
1) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni o‘zgarishsiz, nazorat tartibidagi shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmay qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni to‘liq yoxud qisman bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudi yoki apellatsiya yoxud kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga;
3) hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni o‘zgartirishga yoxud bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rishga yubormasdan, yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga;
4) ushbu Kodeksning 122 va 124-moddalarida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qisman yoki to‘liq bekor qilishga va arizani to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga;
5) ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o‘z kuchida qoldirishga.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 434-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 01.06.2001-yildagi “Fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti haqida”gi 4-sonli qarori 17, 20-bandlari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling