O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Nazorat tartibidagi shikoyatni qaytarish


Download 284.5 Kb.
bet180/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

428-modda. Nazorat tartibidagi shikoyatni qaytarish
Nazorat tartibidagi shikoyat quyidagi hollarda qaytariladi, agar:
1) shikoyat ushbu Kodeks 427-moddasi birinchi qismining 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
2) shikoyatga shikoyat qilinayotgan sud hujjatlarining ko‘chirma nusxalari ilova qilinmagan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
3) shikoyatga davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinmagan bo‘lsa, qonunda davlat bojini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
(428-moddaning birinchi qismi 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi O‘RQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
4) nazorat tartibida shikoyat berish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa va o‘tgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo‘lsa;
5) shikoyatni qaytarish to‘g‘risida ariza kelib tushgan bo‘lsa.
Shikoyat bergan shaxs ushbu modda birinchi qismining 1 — 3-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgandan so‘ng umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 65, 68, 69, 128 — 131, 422, 426, 427-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 01.06.2001-yilda “Fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti haqida”gi 4-sonli qarori 16-bandi.
429-modda. Nazorat tartibidagi shikoyatni ko‘rish muddatlari
Nazorat tartibidagi shikoyat bir oydan kechiktirmasdan, ish talab qilib olingan va tekshirilgan taqdirda esa ikki oydan kechiktirmasdan ko‘rilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151, 152-moddalari.
430-modda. Nazorat tartibidagi shikoyat bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar
Nazorat tartibidagi shikoyat shikoyatga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur hollarda esa ishni talab qilib olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan o‘rganiladi.
Shikoyatni o‘rganish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi o‘z ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
1) sud hujjatlarini nazorat tartibida qayta ko‘rish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risida;
2) shikoyatni ish bilan birga mazmunan ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish haqida.
Qabul qilingan qaror to‘g‘risida nazorat tartibida shikoyat bergan shaxsga uch kunlik muddatda xabar qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 422, 426, 431, 432, 436-moddalari

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling