O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi


Download 284.5 Kb.
bet177/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

420-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilish (protest keltirish) huquqi
Birinchi instansiya sudining apellatsiya tartibida ko‘rilmagan ajrimlari ustidan kassatsiya instansiyasi sudiga sud ajrimi qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sudning hal qiluv qaroridan alohida holda shikoyat qilishi hamda prokuror protest keltirishi mumkin.
Xususiy shikoyat (protest) ushbu bobda belgilangan tartibda beriladi va ko‘rib chiqiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 4-moddasi birinchi qismi to‘rtinchi xatboshi, 404, 409, 412, 415-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 28.12.1998-yildagi 31-sonli “Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti haqida”gi qarori 10-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qarori 15, 16-bandlari.
421-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan shikoyat qilinganligi (protest keltirilganligi) munosabati bilan ishni ko‘radigan kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Kassatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqib:
1) ajrimni o‘zgarishsiz qoldirishga, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmaslikka;
2) ajrimni bekor qilishga va ishni mazmunan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
3) ajrimni butunlay yoki qisman o‘zgartirishga yoxud bekor qilishga hamda masalani mazmunan hal qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 420-moddasi.
46-bob. Nazorat instansiyasi sudida ish yuritish
422-modda. Sud hujjatlari ustidan nazorat tartibida shikoyat qilish huquqi
Apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud hujjatlari ustidan ushbu Kodeksning 373-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar nazorat tartibida shikoyat qilishi mumkin.
Apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud ajrimlari ustidan ushbu Kodeksda ularning ustidan shikoyat berish nazarda tutilgan hollarda, hal qiluv qaroridan alohida tarzda nazorat tartibida shikoyat qilinishi va ular qayta ko‘rilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 4-moddasi birinchi qismi to‘rtinchi xatboshi, 374 — 377-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 28.12.1998-yildagi 31-sonli “Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti haqida”gi qarori 10-bandi ikkinchi —uchinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 01.06.2001-yildagi “Fuqarolik ishlarini apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rish amaliyoti haqida”gi 4-sonli qarori 2-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling