O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rish muddatlari


Download 284.5 Kb.
bet175/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

415-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rish muddatlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha kelib tushgan ishni u kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ko‘rib chiqishi kerak. Ish o‘ta murakkab bo‘lgan yoki boshqa alohida hollarda tegishli sudning raisi bu muddatni ko‘pi bilan yana yigirma kunga uzaytirishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha kelib tushgan ishni u kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ko‘rib chiqishi kerak. Alohida hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning o‘rinbosari bu muddatni ko‘pi bilan yana bir oyga uzaytirishi mumkin.
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rish muddati uzaytirilgan taqdirda, ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish ko‘riladigan kun to‘g‘risida oldindan xabardor qilinishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151, 152, 404-moddalari.
416-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ishni ko‘rish doirasi
Sud ishni kassatsiya tartibida ko‘rayotganida sud hujjatlarining qonuniyligi, asoslantirilganligi va adolatliligini tekshiradi. Sud yangi dalillarni o‘rganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 404-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 33-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 14-bandi.
417-modda. Ishni sud majlisida ko‘rish tartibi
Kassatsiya instansiyasi sudining sud muhokamasi ushbu Kodeksning 22-bobida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 404, 412, 415, 416-moddalari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling