O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Birinchi instansiya sudining kassatsiya shikoyatini (protestini) olganidan keyingi harakatlari


Download 284.5 Kb.
bet173/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

409-modda. Birinchi instansiya sudining kassatsiya shikoyatini (protestini) olganidan keyingi harakatlari
Birinchi instansiya sudining sudyasi yoki raisi kassatsiya shikoyatini (protestini) olgandan keyin:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyatning (protestning) ko‘chirma nusxasini yuborishi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarni kassatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilishi;
3) sud hujjatining ijrosini (agar u ijro etilmagan bo‘lsa) ish kassatsiya tartibida ko‘rilguniga qadar to‘xtatib qo‘yishi va bu xususda manfaatdor shaxslarni, tashkilotlarni xabardor qilishi;
4) kassatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan kundan e’tiboran yigirma kunlik muddat ichida ishni kelib tushgan shikoyat (protest) bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudda ish materiallari va kelib tushgan shikoyat (protest) bilan tanishishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 403, 405 — 407-moddalari.
410-modda. Kassatsiya shikoyatiga (protestiga) qo‘shilish
Sud protsessida kassatsiya shikoyati bergan taraf tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qo‘shilishi mumkin. Mazkur shaxslar keltirilgan kassatsiya protestiga ham qo‘shilishi mumkin.
Shikoyatga (protestga) qo‘shilish haqida ariza berilganda davlat boji undirilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 403, 405, 406-moddalari.
411-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan tushuntirishlar berish (e’tirozlar bildirish)
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlar (e’tirozlar) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etishga haqli.
Tushuntirishlar (e’tirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab ko‘chirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (e’tirozlar) mustasno. Tushuntirishlarning (e’tirozlarning) ko‘chirma nusxalarini sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 403, 405-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 33-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling