O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-bob. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish


Download 284.5 Kb.
bet170/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

45-bob. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
403-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) berish huquqi va muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar bundan mustasno sudning qonuniy kuchga kirgan, apellatsiya tartibida ko‘rilmagan hal qiluv qarori ustidan, u qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy ichida kassatsiya tartibida shikoyat qilishi va prokuror protest keltirishi mumkin.
(403-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan so‘ng berilgan shikoyat (protest) shikoyatni (protestni) bergan shaxsga qaytariladi. O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi masala ushbu Kodeksning 155-moddasi qoidalari bo‘yicha hal qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 4-moddasi birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi, 373 — 377-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 28.12.1998-yildagi 31-sonli “Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti haqida”gi qarori 10-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 33-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 2 va 3-bandlari.
404-modda. Kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘radigan sudlar
Quyidagilar:
1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari — tegishli fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;
2) O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlarning va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;
3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘radi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 17-moddasi uchinchi qismi, 408, 409, 412, 416, 419-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 02.09.1993-yildagi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 30-moddasi birinchi, ikkinchi xatboshilari, 40-moddasi birinchi qismi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling