III BO‘LIM. SUD HUJJATLARINI QAYTA KO‘RISh
26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish
200-modda. Apellatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga, prokuror esa apellatsiya protesti keltirishga haqli.
Sudning hal qiluv qarori ustidan to‘liq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |