Vaziyatga huquqiy baho bering. Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering


Download 30.4 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi30.4 Kb.
#1582642
Bog'liq
Ma\'muriy huquqkh

Kazus
Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan 2021-yil 13-mart kuni faoliyati natijasida kanalga tashlanadigan chiqindilar tabiatga katta zarar yetkazayotganligi sababli Ohangaron tumanida faoliyat yurituvchi “LIFE” MCHJ faoliyatini 15 kunga to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bundan norozi bo‘lgan “LIFE” MCHJ 2-may kuni Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudiga ariza bilan murojaat qilib viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining qarorini bekor qilishni so‘radi. Nurafshon tumanlararo maʼmuriy sudi sudyasi D.Choriyev arizani qanoatlantirishni rad etdi. Bundan norozi bo‘lgan arizachi apellatsiya shikoyati keltirgan.


Vaziyatga huquqiy baho bering.
Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik jihatlarini yoritib bering.
Apellatsiya shikoyati berish tartibi hamda, apellatsiya instansiyatining ishni ko`rib chiqishidagi o‘ziga xos jihatlarni qonun hujjatlari va shaxsiy fikringiz yordamida tahlil qilib bering.
Vaziyat bo‘yicha chiqariladigan sud hujjatining asoslantiruvchi qismini tayyorlang.

Kazusga javob


Kazusga javob yozishdan oldin uni quyidagi tartibda hal qilib chiqsak, maqsadga muvofiq bo’lardi:
1. Ishning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik,
2. Apellatsiya shikoyati berish tartibi hamda, apellatsiya instansiyasining ishni ko’rib chiqishdagi o’ziga xos jihatlari,
3. Sud hujjatining asoslatiruvchi qismi.
Ma’muriy sud ishlarini yuritishning asosiy vazifalari:

  • Ma’muriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;

  • Fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquq, erkinlik, qonuniy manfaatlarini ta’minlash;

  • Qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarni oldinini olish;

  • Qonunga va sudga hurmat munosabatini shakllantirish.

Mana shunday vazifalarni amalga oshiruvchi ma’muriy sudning ham o’ziga yarasha boshqa sudlardan farqlanib turuvchi sudga taalluqli va tegishlilik jihati ma’lum. Endi ushbu jihat bo’yicha ma’muriy sudga taalluqli ishlarni tahlil qilsak, “Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risida” gi Kodeksning 26-moddasiga muvofiq;
Ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno.1
Qonun bilan ma’muriy sudga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ma’muriy sud o‘ziga taalluqli ishlarni fuqarolar, yuridik shaxslar va ma’muriy organlar, shuningdek o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ishtirokida ko‘radi. O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga yoki fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talabni birlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Birma-bir endi alohida tahlil qiladigan bo’lsak, ma’muriy sudga taalluqlilik o’z ichiga, sudning qaysi munosabatlarni olishi, qamrov doirasi ya’ni sudda ishtirok etuvchi shaxslar, talablarning birlashtirib yuborilmasligi kabi masalalar o’z ichiga olgan. Shu bilan bir qatorda, sudga taalluqlilik ya’ni yuqorida aytganimizdek, sud faqat fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashayotgan huquqlari, erkinliklari, ma’muriy va ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni ko’radi ammo shuni buzgan holda talab kelib tushsa, mana shu talabning boshqa sudlarga o’tkazish qoidalari ham Kodeksdan o’rin olgan. Unga ko’ra, talab taalluqlilik qoidalari buzilgan holda taqdim etilsa, ushbu shikoyat taalluqlilik bo’yicha boshqa sudlarga - fuqarolik yoki iqtisodiy sudlarga o’tkaziladi. Shuningdek, sudga kelib tushgan shikoyat ishni ko’rib chiqish chog’ida aniqlansa, shikoyat boshqa sudga o’tkazish va shikoyatni ko’rib chiqishni tugatish to’g’risida ajrim chiqariladi. Ular quyidagicha:
“Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risida” gi Kodeksning 108-moddasiga muvofiq
Tugatish asoslari sifatida- ish ma’muriy sudga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lmasa;
133-modda
Ariza shikoyatni qabul qilishni rad etish
ish ma’muriy sudga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lmasa;
134-modda
Ariza (shikoyatni) qaytarish
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilgan bo‘lib, ularning ayrimlari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lsa;
biz nega bu moddalarni keltirib o’tdik, sababi aynan mana shu moddalar taalluqlilik qoidalari buzilgan holda qabul qilingan va keyin aniqlangan yoki qabul qilinishidan oldin aniqlangan. Unga ko’ra, 108-modda qabul qilinganidan keyin, 133-134- moddalar qabul qilinishidan oldin taalluqlilik masalasi bo’yicha masalalar aniqlangan va moddalar nomidan kelib chiqqan holatda ishlar hal etilgan. Mazkur yuqorida keltirilgan vaziyat ma’muriy sudlarga taalluqli qaysi jihati bilan aynan fuqaro va yuridik shaxslarning nizolashayotgan huquqlari joyidan tegishlidir, ammo vaziyatdagi qarorni bekor qilishni biz qabul qila olmaymiz. Bu masalaga tegishlicha, keyinroq yanada kengroq to’xtalib o’tamiz. Endi ma’muriy sudlarga tegishli ishlar haqida gapiradigan bo’lsak, 28-moddaga muvofiq,
Sudga taalluqli ishlar tumanlararo ma’muriy sudlar tomonidan ko‘riladi, bundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar mustasno.
Investitsiya nizolari bo‘yicha yirik investorning, raqobat to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha tomonlarning xohishiga ko‘ra ushbu toifadagi ishlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida ko‘rib chiqiladi.
Tegishlilik masalasi haqida gapiradigan bo’lsak, ushbu qism ma’muriy sudlarning joylardagi tuman, viloyat, Qoraqalpog’iston Respublikasi doirasida bo’lingan holatda faoliyatida ishlarning taqsimlanganligidir. Masalan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlariga tegishlilik

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishlilik

Harbiy sudlar sudloviga tegishlilik

Arizachining tanlovi bo‘yicha sudlovga tegishlilik

birinchi instansiya sudi sifatida davlat sirlari bilan bog‘liq ishlar

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi

O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari qonun bilan o‘z vakolatiga kiritilgan ma’muriy ishlarni

Turli yerda joylashgan 1 nechta javobgarga nisbatan arizachining tanlovi asosida 1 javobgarning yerida

har qanday ishni tumanlararo ma’muriy suddan olib qo‘yishga va uni birinchi instansiya bo‘yicha o‘zining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga o‘tkazishga haqli.

  1. Yirik investor bo‘lmagan investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’vo arizalari

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish haqidagi ishlar

  1. Yirik investorning investitsiya faoliyati bilan bog‘liq da’vo arizalari (shikoyat)







Demak, tegishlilik fuqaroning yoki yuridik shaxsning arizasi (shikoyati) asosida shikoyat qilinayotgan ma’muriy organ yoki mansabdor shaxs ish joyi bo’yicha sudga arizaning taqdim etilishi tushuniladi. Qisqa qilib aytganda, taaluqlilik bu mazkur ko’rilayotgan ish ma’muriy sudga aloqador yoki aloqador emasligini ifodalaydi. Tegishlilik esa, mazkur vaziyat fuqaroning yoki yuridik shaxsning arizasi (shikoyati) qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan ma’muriy organ joylashgan yer yoxud mansabdor shaxsning ish joyi bo‘yicha ma’muriy sudga taqdim etilishi mumkinligididadir. Yuqorida ishlarning tegishlilik bo’yicha ko’rib chiqiladigan ishlar jadvalini keltirib o’tdik. Tegishlilikning o’ziga xos tomonlari haqida gapirsak, agar sudning tegishlilik qoidalariga muvofiq qabul qilib olingan bo’lsa ham, keyinchalik boshqa sudga tegishli bo’lsa ham, u dastlabki sud tomonidan mazmunan ko’rib chiqilishi lozim. Shuningdek, quyidagi holatlarda sud ishni boshqa ma’muriy sudga o’tkazadi:

  • Ish sudlovga tegishlilik qoidasini buzgan holda qabul qilinganligi va ishni ko’rish davomida buning aniqlanganligi;

  • 1 yoki 1 nechta sudya rad qilinganidan keyin ularni almashtirish imkoni bo’lmasa, ishni ushbu sudda ko’rish mumkin bo’lmay qolsa

sudga kelib tushgan ishlar boshqa sudga o’tkaziladi. Mana shular ma’muriy sudning taalluqlik va tegishlilik bo’yicha qoidalaridir. Endi kazus doirasida holatning ma’muriy sudga taalluqlilik va tegishlilik qoidalari bo’yicha tahlil qiladigan bo’lsak,
taalluqlilik bo’yicha- yuridik shaxsning buzilgan huquqi ya’ni “Life” MCHJ ning faoliyatini 15 kunga to’xtatib turilishi, tegishlilik- Nurafshon tumanlararo sudiga shikoyat qilinishi. Ya’ni “Life” MCHJ ning Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan 2021-yil 13-martda ularning faoliyatini to’xtatib turish haqidagi ma’muriy hujjat ustidan tumanlararo sudga shikoyat qilingan. Nurafshon tumanlararo ma’muriy sud esa shikoyatni qanoatlantirmaslik haqida hal qiluv qarori chiqargan, lekin biz shuni unutmasligimiz lozimki, MCHJ talabi-chiqarilgan qarorni bekor qilish haqida, lekin ma'muriy sud qachonlari ishni qabul qilib bo'ldi va qanoatlantirishni rad qilish to'g'risida sud hujjatini ham chiqarib bo'ldi. Agarda talabdan kelib chiqib, chiqarilgan sud hujjati ma'muriy sudga taalluqli bo'lganda, apellatsiya berish qanday bo'lardi? Endi “Life” MCHJ hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati keltirgan. Apellatsiya shikoyati haqida gapirsak, “Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risida” gi Kodeksning 200-moddasiga muvofiq,
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga, prokuror esa apellatsiya protesti keltirishga haqli. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.
Endi ushbu moddani tahlil qilsak, ishda ishtirok etuvchi shaxslar sifatida biz kimlarni ololamiz 1-navbatda “Life” MCHJ ni aynan ularning faoliyatining 15 kunga to’xtatilishi haqidagi qarorni bekor qilish to’g’risidagi arizasi qanoatlantirilmaganligi to’g’risidagi hal qiluv qarori qabul qilinganligi sababli, savol tug’ilishi tabiiy nega aynan kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berilishi mumkin degan, bizga “Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risida” gi Kodeksdan ma’lumki, hal qiluv qarori agar apellatsiya shikoyati berilmagan bo’lsa, 1 oydan so’ng agar apellatsiya shikoyati berilgan bo’lsa, hal qiluv qarori apellatsiyada bekor qilinmagan bo’lsa, apellatsiya instansiyasining qarori qabul qilingan kundan boshlab qonuniy kuchga kirgan hisoblanadi. Ushbu vaziyatda apellatsiya shikoyati berilganligi sababli hal qiluv qarori kuchga kirmagan. Endi apellatsiya shikoyatini ko’ruvchi sudlar:

  • tumanlararo ma’muriy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan;

  • hududiy harbiy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.

Bu vaziyatdagi apellatsiya shikoyati yuqorida keltirib o’tkanimizdek, Nurafshon tumanlaroro ma’muriy sudi tomonidan hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilinganligi sababli Toshkent viloyati ma’muriy sudi tomonidan ko’riladi. Shikoyatni berish tartibi qanday? Unga ko’ra apellatsiya instansiyasi sudiga yo’llaniladi, ammo hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi. Bu holatda ham “Life” MCHJ shikoyatni Nurafshon tumanlararo sudga beradi. Tumanlararo sud esa 5 kunlik muddat ichida shikoyatni ish bilan apellatsiya sudiga yuboradi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, apellatsiya berish muddati hal qiluv qarori qabul qilinganidan boshlab 1 oy muddat ichida beriladi, agar vaqt o’tib ketganidan so’ng berilsa, apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan o’tkazib yuborilgan vaqt uzrli deb topilsa, vaqt tiklanishi mumkin. Shikoyatning mazmuni quyidagicha bo’lishi va shikoyatni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan yozma ravishda sudga berilishi lozim:

  • Apellatsiya berilayotgan sudning nomi;

  • Shikoyatni berayotgan shaxs haqida ma’lumot (ism, familya, otasining ismi);

  • Shikoyat berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi, ishning raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, talabning predmeti;

  • Shikoyat berayotgan shaxsning talablari va sud chiqargan hal qiluv qarorini noto’g’ri deb hisoblash uchun keltirib o’tgan dalillari;

  • Ilova qilinayotgan hujjatlar nomi.

Yuqorida biz ilova qilinayotgan hujjatlar deb o’tdik, ular qanday bo’ladi:

  • davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;

  • ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellatsiya shikoyati va ko’chirma nusxalarning yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat;

  • apellatsiya vakil tomonidan imzolansa, unga berilgan vakolatni tasdiqlovchi hujjat.

Kelib tushgan shikoyat apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan yakka tartibda 5 kunlik muddat mobaynida shikoyatni qabul qilish, rad etish, qaytarish haqida qaror qabul qilinadi va bu haqida ajrim chiqarilgan holatda ishga daxldor shaxslarga 3 kun muddatda xabardor qilinadi. Apellatsiya instansiyasi tomonidan ishni ko’rish tartibi:

  • ishni 1-instansiyasi sudi tartibida ko’radi;

  • ishlarni bitta ish yuritishga birlashtirish to‘g‘risidagi; talabning predmetini yoki asosini o‘zgartirish haqidagi; ishga uchinchi shaxslarni jalb etish to‘g‘risidagi qoidalar, birinchi instansiya sudida ishni ko‘rish uchun belgilangan boshqa qoidalar qo‘llanilmaydi;

eng ajralib turadigan jihatlaridan biri, sudga ishda ishtirok etuvchi taraflarning kelmaganligi, ishni ularning ishtirokisiz ko’rishga to’sqinlik qilmaydi. Sud hal qiluv qarorining qonuniyliligi va asosliligini tekshiradi va to’liq tartibda qaytadan o’rganib chiqadi. Birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqish predmeti bo‘lmagan yangi talablar apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilinmaydi va ko‘rilmaydi. Shikoyat hal qiluv qarori ustidan shikoyat qabul qilinganidan boshlab, 1 oydan ortiq bo’lmagan muddatda o’rganib chiqiladi. Alohida hollarda 1 oyga uzaytirilishi mumkin. Apellatsiya instansiyasi sudining vakolatlari;

  • sudning hal qiluv qarorini o’zgarishsiz qoldirish;

  • hal qiluv qarorini to’liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga;

  • hal qiluv o’zgartirishga;

  • hal qiluv qarorini to’liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoki shikoyatni to’liq yoki qisman ko’rmasdan qoldirishga;

  • hal qiluv qarorini bekor qilishga, ishni yangidan ko’rish uchun yuborishga;

  • hal qiluv qarorini bekor qilishga, sudga taalluqliligiga ko’ra boshqa sudga o’tkazishga.

Kazusdagi vaziyatimiz doirasida berilayotgan hal qiluv qarorini o’zgartishga yoki bekor qilishga doir masalasini hal qilsak, “Ma’muriy sud ish yurituvi to’g’risida” gi Kodeksning 220-moddasiga muvofiq;

  • ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning to‘liq aniqlanmaganligi;

  • sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning isbotlanmaganligi;

  • hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;

  • moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud noto‘g‘ri qo‘llanilganligi.

Demak, kazusimizdagi vaziyatda mana shu yuqoridagi holatlar mavjud bo’lgan taqdirdagina hal qiluv qarori apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan o’zgartiriladi yoki bekor qilinadi va quyidagi tartibda va namunada qaror qabul qilinadi:

  • apellatsiya instansiyasi sudining nomi, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisi kotibi;

  • ishning raqami, qaror qabul qilingan sana va joy;

  • apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), uning protsessual holati;

  • ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek ular vakillarining va sud protsessi boshqa ishtirokchilarining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi);

  • talab predmeti;

  • birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;

  • ish bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni;

  • apellatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan hal qiluv qarorining qonuniyligini va asosliligini tekshirish to‘g‘risida talab bildirilishiga doir asoslar;

  • apellatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikrda bayon qilingan vajlar;

  • ishda ishtirok etuvchi va sud majlisida hozir bo‘lgan shaxslarning tushuntirishlari;

  • apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan aniqlangan ish holatlari; sudning ushbu holatlar to‘g‘risidagi xulosalari uchun asos bo‘lgan dalillar; sud qarorni qabul qilishda amal qilgan qonunlar hamda boshqa qonunchilik hujjatlari; sudning u yoki bu dalillarni rad etishiga va ishda ishtirok etuvchi shaxslar havola qilgan qonunlarni va boshqa qonunchilik hujjatlarini qo‘llamaganligiga doir sabablar;

  • agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori to‘liq yoki qisman bekor qilingan yoxud o‘zgartirilgan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudi uning xulosalariga qo‘shilmaganligining sabablari;

  • agar ish yangidan ko‘rish uchun yuborilayotgan bo‘lsa, birinchi instansiya sudi tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan harakatlar;

  • apellatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari to‘g‘risidagi xulosalar.

Sud hujjatining asoslantiruvchi qismi ajrimlarda aniqlandi qismining oxirida yotadi. Ajrim masalasiga to'xtalsak, "Ma'muriy sud ish yurutuvi to'g'risida" gi Kodeksning 168-, va 169-moddalarida o'z ifodasini topgan. Unga ko'ra;
Ajrim alohida sud hujjati sifatida chiqariladi. Murakkab bo'lmagan vaziyatlarda ajrimni sud o'z joyida qabul qiladi. Bayonnomaga kiritiladi. Mazmuni esa quyidagicha;
Ajrimda quyidagilar o'z ifodasini topishi lozim.
- sudning nomi, raqam, sana, sud tarkibi, majlis kotibi, predmet;
- shaxslarning ismi
-Ajrim chiqarilayotgan masala
-xulosaga olib kelingan asoslar
-masala bo'yicha xulosa
-agar shikoyat berilishi mumkin bo'lsa, shikoyat (protest keltirish) tartibi va muddati
Shulardan kelib chiqqan holatda, ajrimning asoslantiruvchi qismini bayon qilsak,

Aniqlandi


Toshkent viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
tomonidan 2021-yil 13-mart kuni faoliyati natijasida kanalga tashlanadigan
chiqindilar tabiatga katta zarar yetkazayotganligi sababli Ohangaron tumanida
faoliyat yurituvchi “LIFE” MCHJ faoliyatini 15 kunga to‘xtatib turish to‘g‘risida
qaror qabul qilindi....
shularga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to’g’risidagi Kodeksning 108, 168,169-moddalarni qo’llab,
Ajrim qiladi
1. Arizachi “LIFE” MCHJ ning 13.03.2021 sanasidagi LIFE MChj ning
faoliyatini 15 kunga to‘xtatib qo’yish yuzasidan chiqarilgan Toshkent
viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi qarorini
haqiqiy emas deb topish to’g’risida bergan murojaati yuzasidan ish yuritish tugatilsin.
Ajrimdan norozi taraf hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran 1 oy muddatda apellatsiya shikoyati (protesti) bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Bu vaziyatda ajrim qabul qilinadi. Sababi qarorni bekor qilish ma’muriy sudlar vazifasiga kirmaydi. Ammo dastlab, tumanlararo ma’muriy sud qanoatlantirishni rad qilish to’g’risida xulosaga kelgan shu sababli ishni ma’muriy sud qabul qilgan va hal qiluv qarori chiqargan. Ammo, bizga “Ma’muriy sud ish yurutuvi to’g’risida” gi Kodeksdan ma’lumki, sudlarda qarorlarni bekor qilish vakolati yo’q shu sababli ushbu vaziyatda qabul qilishni rad qilish to’g’risida ajrim chiqariladi. Ammo, sud ishni qabul qilgan hamda hal qiluv qarori qabul qilgan. Aynan mana shu masala kazusdagi vaziyatning xato qismini ifoda etadi.

Foydalanilgan manbalar:



  1. “Ma’muriy sud ish yurutuvi to’g’risida” gi Kodeks

https://lex.uz/docs/-3527353

1 https://lex.uz/docs/-3527353

Download 30.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling