Iii bo‘lim. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish


-modda. Apellatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar


Download 44.41 Kb.
bet5/51
Sana02.01.2022
Hajmi44.41 Kb.
#195901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
10-mavzuga

206-modda. Apellatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar

Apellatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:

2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellatsiya shikoyati va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;

3) apellatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, vakilning uni imzolashga doir vakolatini tasdiqlovchi hujjat.

Apellatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga protestning va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.

Arizani (shikoyatni) qaytarish yoki arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan berilgan apellatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza (shikoyat) va uni sudga berish chog‘ida unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.



207-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi masalani hal etish tartibi va muddati

Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish masalasi shikoyat (protest) ish bilan birga sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay sudya tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.

Apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.


Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling