Iii bo‘lim. Sud hujjatlarini qayta ko‘rish 26-bob. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritish


-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi


Download 44.41 Kb.
bet3/51
Sana02.01.2022
Hajmi44.41 Kb.
#195901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
10-mavzuga

202-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi

Apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudiga yo‘llanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi.

Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan e’tiboran besh kunlik muddatda uni apellatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.

203-modda. Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati

Agar qonunda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran yigirma kun ichida berilishi mumkin.

Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran ikki oydan kechiktirmasdan berilgan va apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o‘tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa, tiklanishi mumkin.

Apellatsiya shikoyatini (protestini) berishning o‘tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida apellatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.

Apellatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida apellatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.


Download 44.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling