O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni to‘xtatib turish


Download 284.5 Kb.
bet168/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

398-modda. Apellatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni to‘xtatib turish
Apellatsiya instansiyasi sudi ish yuritishni ushbu Kodeksning 10-bobida nazarda tutilgan tartibda to‘xtatib turadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 33-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 19-bandi.
399-modda. Apellatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Sud ishni apellatsiya tartibida ko‘rib chiqqach, o‘z ajrimi bilan:
1) hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgarishsiz qoldirishga, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmaslikka;
2) ishni yangidan ko‘rish uchun o‘tkazmasdan hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgartirishga yoki hal qiluv qarorini, qarorni butunlay yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori chiqarishga;
3) hal qiluv qarorini, qarorni qisman yoki butunlay bekor qilishga hamda ushbu Kodeksning 122 va 124-moddalarida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra arizani ko‘rmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga haqli.
Ushbu Kodeks 377-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, apellatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘radi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalariga muvofiq ko‘rishga o‘tish haqida ajrim chiqarilib, unda ishda ishtirok etuvchi shaxslar bajarishi lozim bo‘lgan harakatlar va ularni bajarish muddatlari ko‘rsatiladi.
Sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi masala hal qilinmaganligi yoki noto‘g‘ri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asos bo‘lmaydi. Bunday holda, ajrimning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 138 — 141-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 375-moddasi, 397-moddasi o‘n sakkizinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 33-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 23-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling