O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni to‘xtatib turish


Download 284.5 Kb.
bet176/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

418-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida ish yuritishni to‘xtatib turish
Kassatsiya instansiyasi sudi ish yuritishni ushbu Kodeksning 10-bobida nazarda tutilgan tartibda to‘xtatadi.
419-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining vakolatlari
Sud ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqqach, o‘z ajrimi bilan:
1) hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgarishsiz qoldirishga, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmaslikka;
2) ishni yangidan ko‘rishga yubormasdan hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgartirishga yoxud butunlay yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori, qaror chiqarishga;
3) ushbu Kodeksning 122 va 124-moddalarida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra hal qiluv qarorini, qarorni qisman yoki butunlay bekor qilishga va arizani ko‘rmasdan qoldirishga yoki ish yuritishni tugatishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 33-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandi.
Ushbu Kodeks 377-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘radi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalariga muvofiq ko‘rishga o‘tish haqida ajrim chiqarilib, unda ishda ishtirok etuvchi shaxslar bajarishi lozim bo‘lgan harakatlar va ularni bajarish muddatlari ko‘rsatiladi.
Sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi masala hal qilinmaganligi yoki noto‘g‘ri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asos bo‘lmaydi. Bunday holda, ajrimning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 138 — 141-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 404-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 33-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 20-bandining to‘rtinchi xatboshisi va 28-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling