O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalaning birinchi instansiya sudi tomonidan hal qilinishi


Download 284.5 Kb.
bet193/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

459-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalaning birinchi instansiya sudi tomonidan hal qilinishi
Ish yangidan ko‘rish uchun o‘ziga topshirilgan sud o‘z tashabbusi bilan qaytarma ijro to‘g‘risidagi masalani ko‘rishi va uni yangi sud hujjatida yoki ajrimida hal qilishi shart bo‘lib, shu bilan ish yuritish tamomlanadi.
Ishni yangidan ko‘rayotgan sud bekor qilingan sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalani hal qilmagan taqdirda, javobgar bu sudga qaytarma ijro to‘g‘risida ariza berishga haqli. Bu ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, sud majlisida ko‘riladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi sud oldiga qo‘yilgan masalaning hal etilishi uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi ariza davlat boji to‘lanmagan holda umumiy da’vo muddati ichida berilishi mumkin.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi ariza ariza kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda sud tomonidan ko‘riladi.
Arizaga ilgari qabul qilingan sud hujjatining ijrosini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, sud undirilgan pul mablag‘larini, mol-mulkni yoki uning qiymatini qaytarish uchun ijro varaqasi beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 458, 460 — 461-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qarori 15-bandi o‘n yettinchi xatboshisi.
460-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalaning apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan hal qilinishi
Apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi, agar u o‘zining ajrimi yoxud qarori bilan huquq to‘g‘risidagi nizoni uzil-kesil hal qilsa yoki ish yuritishni tamomlasa, sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalani hal qilishi yoxud uni hal qilish uchun birinchi instansiya sudiga topshirishi shart.
Agar yuqori sudning ajrimida yoki qarorida sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma bo‘lmasa, javobgar birinchi instansiya sudiga tegishli ariza berishga haqli. Birinchi instansiya sudi bu arizani ushbu Kodeksning 459-moddasi qoidalariga binoan ko‘rib chiqadi va hal qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 399, 402, 419, 421, 436, 458, 460, 461-moddalari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling