O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Guvohning majburiyatlari va javobgarligi
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 58-modda. Ekspert
- 59-modda. Ekspertning huquqlari
57-modda. Guvohning majburiyatlari va javobgarligi
Guvoh sifatida chaqirilgan shaxs sudga kelishi va to‘g‘ri ko‘rsatuvlar berishi shart. Agar guvoh sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sud chaqiruvi bo‘yicha kelmasa, shuningdek ko‘rsatuvlar berishdan bo‘yin tovlasa, u ushbu Kodeksning 146-moddasida belgilangan tartibda jarimaga tortilishi mumkin. Jarima solinishi guvohni sudga kelish va ko‘rsatuvlar berish majburiyatidan ozod etmaydi. Bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganlik uchun guvoh O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasiga muvofiq javobgar bo‘ladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 145-moddasi uchinchi qismi, 146 — 150-moddalari, 212-moddasi to‘rtinchi qismi, 222-moddasi, 229-moddasining to‘rtinchi qismi. 58-modda. Ekspert Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin. Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 22, 23, 24, 54, 59, 60, 95 — 101, 240-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 1 — 10, 17 — 24-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha ekspertiza tayinlash, o‘tkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarorining 4 va 5-bandlari. 59-modda. Ekspertning huquqlari Ekspert: ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki nusxa ko‘chirish; joyida ko‘zdan kechirishda ishtirok etish va ekspertizani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga taalluqli dalillarni tekshirishda ishtirok etish hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va guvohlarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish; o‘z xulosasida nafaqat o‘zining oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki ko‘rsatuvlari ishda ishtirok etuvchi shaxslar va guvohlar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar berish; agar u sud muhokamasi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa taqdim etish va ko‘rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan sudning qarorlari, sudyaning harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish; ekspertiza o‘tkazilishi vaqtida qilingan xarajatlarni undirish huquqiga ega. Agar ekspert qo‘yilgan savollarni o‘zining maxsus bilimlari asosida hal qilib bo‘lmasligiga yoki o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni to‘ldirib bo‘lmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qo‘yilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan sudga yuboradi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 134-moddasi birinchi — uchinchi, beshinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyuldagi “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasi, 25-moddasi ikkinchi, uchinchi qismlari. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling