O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Dalillarning aloqadorligi


Download 284.5 Kb.
bet30/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

73-modda. Dalillarning aloqadorligi
Sud faqat ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan dalillarni ko‘rishga qabul qiladi.
Sudning dalilni qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi asoslantirilgan bo‘lishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 13, 80, 228, 233, 237-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 02-oktabrdagi “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 11-sonli qarorining 5, 6-bandlari va 8-bandining ikkinchi xatboshisi.
74-modda. Dalillarning maqbulligi
Qonun bo‘yicha muayyan isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi shart bo‘lgan ishning holatlari boshqa hech qanday isbotlash vositalari bilan tasdiqlanishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 13, 71-moddasi, 80-moddasi ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 02-oktabrdagi “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 11-sonli qarorining 3, 7, 19-bandlari.
75-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari
Sud hammaga ma’lum deb topgan holatlar isbotlashga muhtoj emas.
Bir fuqarolik ishi bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan faktlar xuddi shu shaxslar ishtirok etayotgan boshqa fuqarolik ishlari muhokamasida yangidan isbot qilinmaydi.
Ishlarni ko‘rib chiqayotganda iqtisodiy yoki ma’muriy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar isbotlanishga muhtoj emas va iqtisodiy yoki ma’muriy sud tomonidan hal etilgan ishda ishtirok etgan shaxslar tomonidan nizolashilishi mumkin emas.
Jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan sud hukmi sud tomonidan hukm etilgan shaxs harakatlarining fuqarolik-huquqiy oqibatlari to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqayotgan sud uchun faqat shu harakatlar sodir etilganligi yoki sodir etilmaganligi va ular mazkur shaxs tomonidan sodir etilganligi yoki etilmaganligi masalalari yuzasidan majburiydir.
Notarial harakat amalga oshirilganda notarius tomonidan tasdiqlangan holatlar, agar notarial tartibda rasmiylashtirilgan hujjatning haqiqiyligi ushbu Kodeksning 235 va 236-moddalarida belgilangan tartibda rad etilmagan yoki notarial harakatni amalga oshirish tartibi jiddiy tarzda buzilganligi aniqlanmagan bo‘lsa, isbotlashni talab etmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi, 20-bandi uchinchi, to‘rtinchi xatboshilari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling