O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 284.5 Kb.
bet26/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

66-modda. Qonuniy vakillik
Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) himoya qiladi.
Belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi lozim bo‘lgan ish bo‘yicha uning vakili sifatida mazkur fuqaroning mol-mulkini qo‘riqlash va boshqarish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi.
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e’lon qilingan shaxsning merosxo‘ri ishtirok etishi kerak bo‘lgan ish bo‘yicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan bo‘lsa, vasiy, homiy, yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi shaxs merosxo‘rning vakili sifatida qatnashadi.
Qonuniy vakil sudda ish olib borishni o‘zi vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga ega.
O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga taalluqli ishlar ko‘rib chiqilayotganda uning manfaatlarini ko‘zlab barcha protsessual harakatlarni amalga oshiradi.
O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan shaxsning, muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar ko‘rib chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini ko‘zlab barcha protsessual harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 39-moddasi, 42-moddasi ikkinchi, uchinchi, beshinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 27, 29, 131-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 74-moddasi ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 4-band ikkinchi xatboshisi, 5-band birinchi, uchinchi xatboshlari, 12 bandi va 15-bandi o‘n ikkinchi xatboshisi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling