O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 284.5 Kb.
bet28/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

69-modda. Vakilning vakolatlari
Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shartnoma bo‘yicha vakillik qiluvchining arz qilingan talablardan to‘liq yoki qisman voz kechish, ularning asosini yoki predmetini o‘zgartirish, miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish, da’vogarning talablarini tan olish, kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, arizalarni imzolash, ijro varaqasini undiruvga taqdim etish, undirilgan mol-mulkni yoki pullarni olish vakolati har bir alohida holda vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
(69-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandi, 15-bandi birinchi xatboshisi.
70-modda. Sudda vakillik qilishi mumkin bo‘lmagan shaxslar
Quyidagilar sudda vakillik qilishi mumkin emas:
1) voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno;
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 28, 30-moddalari.
2) vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 32-moddasi.
3) sudyalar, prokurorlar, surishtiruvchilar, tergovchilar, sud devoni xodimlari, bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining vakili sifatida qatnashgan hollar mustasno;
4) manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid bo‘lgan shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatayotgan yoki ilgari yordam ko‘rsatgan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
41) shu nizo bilan bog‘liq mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediator sifatida ishtirok etganlar, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan o‘zaro rozilik bo‘lgan hollar mustasno;
(70-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuniga asosan 41-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
5) sudya, prokuror, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida bo‘lgan shaxslar.
8-bob. Dalillar
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 02-oktabrdagi “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 11-sonli qarori.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling