O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 284.5 Kb.
bet29/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

71-modda. Isbotlash vositalari
Taraflarning talablari va e’tirozlarini asoslaydigan holatlarning mavjudligini yoki mavjud emasligini sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday faktik ma’lumot va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar fuqarolik ishi bo‘yicha dalillardir. Bu ma’lumotlar quyidagi vositalar, ya’ni: taraflarning va uchinchi shaxslarning hamda ular qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari, yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari) bilan aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 13, 81, 83, 84, 90, 98, 102-moddalari.
Anonim xatlarda va kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan yoki qonunni buzgan holda olingan boshqa ma’lumotlar dalil bo‘la olmaydi.
Taraflarning va uchinchi shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari ushbu Kodeksning 209-moddasida belgilangan tartibda videokonferensaloqa tizimidan foydalanish yo‘li bilan olinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 74, 75-moddalari.
72-modda. Isbotlash va dalillarni taqdim etish majburiyati
Har bir taraf o‘zining talablari va e’tirozlariga asos qilib ko‘rsatgan holatlarni isbotlashi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 235-moddasi ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandi.
Sud qanday holatlar ish uchun ahamiyatga ega ekanligini, ularni taraflardan qaysi biri isbotlashi kerakligini aniqlaydi, hatto taraflar bu holatlarni dalil qilib keltirmagan bo‘lsa ham ularni muhokamaga qo‘yadi.
Dalillar taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan taqdim etiladi. Sud ularga qo‘shimcha dalillar taqdim qilishni taklif etishi mumkin. Agar qo‘shimcha dalillar taqdim etish taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar uchun qiyinchilik tug‘dirsa, ularga sud dalillar to‘plashda ularning iltimosnomasiga ko‘ra ko‘maklashadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandi, 28-bandi “a” qichik bandining to‘rtinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling