O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish


Download 284.5 Kb.
bet37/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

89-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ishdagi hujjatning asli uni taqdim etgan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra qaytarilib, hujjatning sudya tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi ishda qoldirilishi mumkin.
Agar sud mumkin deb topsa, sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga qadar yozma dalillar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytarilishi mumkin. Mazkur shaxslar iltimosnoma bilan birga hujjat aslining tegishli tarzda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini taqdim etadi yoki ishda qolayotgan ko‘chirma nusxani sud tomonidan tasdiqlash to‘g‘risida iltimosnoma beradi.
90-modda. Ashyoviy dalillar
Ishni mazmunan hal qilish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni aniqlash vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan predmetlar ashyoviy dalillardir.
Ashyoviy dalilni taqdim etuvchi yoki uni talab qilib olish to‘g‘risida iltimos qilayotgan shaxs ushbu dalil orqali ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qanday holatlarni aniqlash mumkinligini ko‘rsatishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 13, 71, 73, 74-moddalari, 78-moddasi ikkinchi qismi, 91 — 94, 237-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi ikkinchi xatboshisi, 19-bandi ikkinchi xatboshisi, 25-bandi.
91-modda. Ashyoviy dalillarni talab qilib olish va taqdim etish tartibi
Ishda ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmayotgan shaxslardan dalil sifatida biror ashyoni talab qilib olish haqida sudga iltimosnoma taqdim etuvchi shaxs ushbu ashyoni ta’riflab berishi va bu ashyo mazkur shaxsda deb hisoblash uchun qanday asoslari borligini bayon etishi kerak.
Sud tomonidan fuqarolar va tashkilotlardan talab qilinayotgan ashyoviy dalillar bevosita sudga yuboriladi.
Sud ashyoviy dalilni talab qilib olish haqida iltimosnoma taqdim etgan shaxsga ushbu dalilni sudga taqdim etish uchun olish huquqiga doir so‘rov berishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 90, 92-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi ikkinchi xatboshisi, 25-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling