O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 106-modda. Da’voni ta’minlash choralari
9-bob. Da’voni ta’minlash
105-modda. Da’voni ta’minlash asoslari Sud (sudya) da’voni ta’minlash choralarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi yoki o‘z tashabbusi bo‘yicha ko‘rishi mumkin. Agar da’voni ta’minlash choralarini ko‘rmaslik sud hujjati ijrosini qiyinlashtirsa yoki uni bajarib bo‘lmaydigan qilib qo‘ysa, da’voni ta’minlashga yo‘l qo‘yiladi. Da’voni ta’minlashga sud protsessining har qanday bosqichida yo‘l qo‘yiladi. Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqayotganda sud (sudya) da’voni ta’minlash choralarini ko‘rishi shart. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizada da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish asoslari va zaruriyati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining tanloviga ko‘ra, hakamlik sudi joylashgan yerdagi yoxud javobgar turgan joydagi yoki yashaydigan joydagi yoinki javobgarning mol-mulki turgan joydagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rilishi mumkin. Da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizaga da’voning hakamlik sudiga taqdim etilganligini isbotlovchi dalillar ilova qilinadi. Hakamlik sudida ko‘rib chiqilayotgan da’voni ta’minlash to‘g‘risidagi arizani fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqish va da’voni ta’minlash haqida ajrim chiqarish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 106 — 115-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandi. 106-modda. Da’voni ta’minlash choralari Quyidagilar da’voni ta’minlash choralari bo‘lishi mumkin: 1) javobgarga tegishli bo‘lgan va uning o‘zida yoki boshqa shaxsda turgan mol-mulkni yoxud pul mablag‘larini xatlash; 2) javobgar muayyan harakatlarni amalga oshirishini taqiqlash; 3) boshqa shaxslarning javobgarga mol-mulk berishini yoki unga nisbatan boshqa majburiyatlarni bajarishini taqiqlash; 4) mol-mulkni xatlashdan chiqarish to‘g‘risida da’vo arz qilingan taqdirda, uni realizatsiya qilishni to‘xtatish; 5) qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashayotgan bo‘lsa va agar bunday nizolashishga qonun hujjatlarida yo‘l qo‘yilsa, bu hujjat bo‘yicha undiruvni to‘xtatish; 6) nizoli mol-mulk buzilishi, holati yomonlashishining oldini olish maqsadida javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatish; 7) nizoli mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxsga (saqlovchiga) topshirish. Zarur hollarda, sud (sudya) da’voni ta’minlash bo‘yicha boshqa choralar ham ko‘rishi mumkin. Da’voning ish haqini, daromadni, pensiya va stipendiyani xatlash yo‘li bilan ta’minlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan aliment undirish to‘g‘risidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazganlik, shuningdek boquvchisining o‘limi oqibatida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi, o‘zgalar mol-mulkini talon-toroj qilganlik natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar mustasno. Da’voni ta’minlash choralari da’vogar arz qilgan talabga mutanosib bo‘lishi kerak. Zarur hollarda, sud da’voni ta’minlash chorasining bir nechta turini qo‘llashi mumkin, lekin ularning umumiy summasi da’voning bahosidan oshib ketmasligi kerak. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 105, 107 — 115-moddalari, 123-moddasi ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 10-bandi. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling