O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 102-modda. Mutaxassisning maslahati (tushuntirishi)
101-modda. Kompleks ekspertiza
Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni turli bilim sohalaridan foydalangan holda bir nechta tekshirish o‘tkazish yo‘li bilangina aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda tayinlanadi. Kompleks ekspertizani o‘tkazishda ekspertlarning har biri o‘z vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi tekshirishlarni va qancha hajmda olib borganligi, qaysi faktlarni shaxsan o‘zi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi ko‘rsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning o‘z tekshirishlari bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar bo‘ladi. Umumiy fikrni (fikrlarni) olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantirishga vakolatli bo‘lgan ekspertlar chiqaradi. Agar ekspertlardan birining (alohida ekspertlarning) aniqlagan faktlari ekspertlar komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida olingan bo‘lsa, bu haqda xulosada ko‘rsatilishi kerak. Ekspertlar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklarni keltirib chiqargan barcha yoki ayrim masalalar bo‘yicha alohida xulosa beradi. Agar kompleks ekspertizani o‘tkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan bo‘lsa, u holda ushbu ekspertizani tashkil etish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 96, 98, 99-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 01.06.2010-yildagi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 19, 21-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha ekspertiza tayinlash, o‘tkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarori 18-bandi. 102-modda. Mutaxassisning maslahati (tushuntirishi) Mutaxassis sudga og‘zaki yoki yozma shaklda maslahat (tushuntirish) beradi. Mutaxassisning yozma shaklda bergan maslahati sud majlisida o‘qib eshittiriladi, tekshiriladi va ishga qo‘shib qo‘yiladi. Og‘zaki maslahat bevosita sud majlisining (protsessual harakatning) bayonnomasiga kiritiladi. Maslahatni aniqlashtirish va to‘ldirish maqsadida mutaxassisga savollar berilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 12-moddasi to‘rtinchi qismi, 13, 54, 61, 62-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 11-sonli qarorining 27-bandi. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling