O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish


Download 284.5 Kb.
bet39/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

94-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash va qaytarib berish
Ashyoviy dalillar sudning ajrimiga binoan ishga qo‘shib qo‘yiladi va ishda saqlanadi yoki alohida ro‘yxat qilinib, sudning ashyoviy dalillar saqlanadigan xonasiga topshiriladi.
Sudga keltirib bo‘lmaydigan ashyolar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tavsiflangan, muhrlangan, zarur hollarda esa foto- yoki videosuratga olingan bo‘lishi kerak.
Sud, saqlovchi ashyoviy dalillarni o‘zgarmas holatda saqlash choralarini ko‘radilar.
Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari taraflar o‘rtasida, ushbu Kodeksning 138-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
Ashyoviy dalillar kimdan olingan bo‘lsa, sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan keyin o‘sha shaxslarga qaytarib beriladi yoki sud shu ashyoviy dalillarga kimning huquqi bor deb topgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga beriladi.
Ayrim hollarda sud ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirganidan va tekshirganidan keyin, basharti ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berish haqida iltimosnoma taqdim etgan bo‘lsa va bunday iltimosnomani qanoatlantirish ishni ko‘rib chiqish hamda hal qiluv qarorini ijro etish uchun zarar keltirmasa, ular kimdan olingan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga ish tamom bo‘lguniga qadar qaytarib berilishi mumkin.
Qonun bo‘yicha fuqarolarning egaligida turishi mumkin bo‘lmagan narsalar tegishli tashkilotlarga topshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 93-moddasi ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 25-bandi ikkinchi xatboshisi.
95-modda. Ekspertiza
Ish muhokamasi chog‘ida kelib chiqqan, fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra ekspertiza tayinlashi mumkin.
Ekspertiza sudda o‘tkaziladi yoki tekshirishning xususiyati taqozo etsa yoxud tekshiriladigan buyumni sudga keltirishning imkoni bo‘lmasa yoki keltirish qiyin bo‘lsa, suddan tashqarida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 96 — 101-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 01.06.2010-yildagi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 3 — 9, 17 — 24-moddalari.
Ekspertiza tayinlash to‘g‘risidagi sud ajrimida qanday masalalar bo‘yicha ekspertlarning xulosasi talab qilinayotganligi va ekspertiza o‘tkazish kimga topshirilayotganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Ekspertlar tayinlanayotganda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini inobatga oladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 22 — 24, 58 — 60-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 01.06.2010-yildagi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 10, 11, 15, 16-moddalari.
Taraf ekspertizada ishtirok etishdan bosh tortgan, ekspertlarga tekshirish uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda hujjatlarni taqdim etmaganda va boshqa hollarda, agar ish holatlariga ko‘ra va mazkur tarafning ishtirokisiz ekspertiza o‘tkazish imkoniyati bo‘lmasa, sud qaysi taraf ekspertizadan bosh tortayotganligidan, shuningdek bu taraf uchun ekspertiza qanday ahamiyatga ega ekanligiga qarab, aniqlanishi uchun ekspertiza tayinlangan faktni aniqlangan yoki rad etilgan deb topishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 25-bandi ikkinchi xatboshisi, 26-bandi birinchi, to‘rtinchi, beshinchi xatboshilari, 29-bandi birinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha ekspertiza tayinlash, o‘tkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarori 1 — 4, 6 — 10 bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi birinchi xatboshisi, 17-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling