Ko‘plab insonlar shakar organizm uchun zararli ekanini biladi, biroq shunga qaramay, uni sevib iste’mol qilishda
Download 139.07 Kb.
|
Shakar docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qanday shakar turini iste’mol qilmaslik kerak
Ko‘plab insonlar shakar organizm uchun zararli ekanini biladi, biroq shunga qaramay, uni sevib iste’mol qilishda davom etadi. Agar qayg‘uli kunlarda shokoladli shirinliklar yoki muzqaymoq bo‘lmaganida bu dunyo bunchalik quvonch va zavq keltirmas edi. Qahvangizdagi bir qoshiq shakar yoki shirin desert sizga katta zarar keltirmasa-da, ko‘p shakar iste’mol qilish tanangizga ta’sir qilishi mumkin. Foto: Marie Claire Garvard universitetining dietolog professori, doktor Frank Xuning ta’kidlashicha, ko‘p miqdorda shakar iste’mol qilish tana uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin: u yuqori qon bosimi, yallig‘lanish, vazn ortishi, qandli diabet va yog‘li jigar, yurak xuruji va insult xavfining oshishiga sabab bo‘ladi. Shakarning 61 dan ortiq turlari mavjud, bu haqda ko‘pchilik bilmaydi. Biroq siz uning eng ko‘p tarqalgan turlari haqida eshitgan bo‘lishingiz mumkin: glyukoza, fruktoza va galaktoza. Mevalarda tabiiy shakar va gazlangan ichimliklar, qayta ishlangan ovqatlar va shirinliklarga qo‘shiladigan shakar ham mavjud. Tana barcha shakarlarni bir xil tarzda hazm qilsa-da, ba’zi turlari sog‘liqqa boshqalaridan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi. Doktor Mark Tager The List nashriga bergan eksklyuziv intervyusida shakarning qaysi turi eng yomoni ekanini aytdi. Qanday shakar turini iste’mol qilmaslik kerak? Amerika yurak assotsiatsiyasi kuniga 24-36 grammdan ko‘p bo‘lmagan shakarni iste’mol qilishni tavsiya etadi, biroq ko‘plab insonlar bundan ko‘p miqdorda shakarni iste’mol qiladi. Amerikalik yoshi katta insonlar kuniga o‘rtacha 77 gramm shakar iste’mol qiladi, tana uchun zararli hisoblanadi. Doktor Mark Tagerning ta’kidlashicha, shakar qarishga ta’sir qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shakarning eng xavfli turi AQShda juda ko‘p iste’mol qilinadigan yuqori fruktozali makkajo‘xori siropidir (HFCS). U ko‘pincha qayta ishlangan ovqatlar va tabiiy ravishda yuzaga kelmaydigan ichimliklarda (masalan, alkogolsiz ichimliklar, kekslar, shirinliklar va boshqa shakarli ovqatlar) mavjud. Ushbu komponentning mavjudligi organizmdagi metabolizmga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin, bu esa ortiqcha yog‘ muammosini yanada kuchaytiradi. Agar siz qadoqlangan oziq-ovqat va ichimliklar yorlig‘ini tekshirishga qaror qilsangiz, ularning ko‘plarida HFCS ro‘yxatini ko‘rish mumkin. HFCS — makkajo‘xoridan tayyorlangan suyuq shakarning bir turi. Turli xil mahsulotlarni ishlab chiqarishda HFCSdan foydalanishga bo‘lgan talab ortdi. 1970-yillarning oxirida oddiy shakar narxi qimmatlashdi, shuning uchun ishlab chiqaruvchilar makkajo‘xori narxi ancha past bo‘lgani sababli ushbu turdagi suyuq shakarni afzal ko‘rdi. Biroq bunday tejamkorlik inson tanasini turli kasalliklarga moyil qildi. Download 139.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling