Ko‘plab insonlar shakar organizm uchun zararli ekanini biladi, biroq shunga qaramay, uni sevib iste’mol qilishda
Nima sababdan yuqori fruktoza makkajo‘xori siropi sog‘liq uchun zararli?
Download 139.07 Kb.
|
Shakar docx
Nima sababdan yuqori fruktoza makkajo‘xori siropi sog‘liq uchun zararli?
Fruktoza — jigarda metabolizmga uchraydigan shakar turi. U tanaga kirgandan so‘ng, “yog‘ ishlab chiqarish zavodi”ni ishga tushiradi. Bu triglitseridlar va xolesterin ishlab chiqarishga olib keladi. Kichik miqdordagi HFCS tanaga katta zarar keltirmasligi mumkin. Biroq bu turdagi shakar har kuni ishlatiladigan ko‘plab qayta ishlangan oziq-ovqat va ichimliklar tarkibida bo‘lganligi sababli, qancha iste’mol qilinganini hisoblab bo‘lmaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ko‘p miqdorda HFCS ni iste’mol qilish ishtahani nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan miyaning markaziy qismidagi funksiyalariga ta’sir qiladi. Shundan keyin, insonlar ko‘proq ovqat yeyishni xohlaydi, bu esa semirishga olib keladi. Yuqori fruktoza makkajo‘xori siropi diabet, yallig‘lanish, yuqori triglitseridlar va turli organlar kasalliklariga sabab bo‘ladi. Masalan, yuqori fruktoza makkajo‘xori siropi millionlab insonlarga ta’sir qiladigan va jigar yetishmovchiligiga olib keladigan yog‘li jigar kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Shakar — bu bir qarashda zararsiz ko‘rinadigan mahsulot. Un ham xuddi shunday xususiyatga ega. Ammo bunday mahsulotlardan voz kechish unchalik oson ish emas. Wday nashri ushbu ikki mahsulot iste’moli to‘xtatilsa, organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y berishini sanab o‘tdi. Ko‘pchilik mutaxassislarning fikricha so‘nggi yillarda shakarning inson organizmiga 70 dan ortiq zararli xususiyatlari aniqlanganligi va isbotlanganligi har bir kishini e’tiborini tortishi va shu bilan birga o‘z salomatligini asrashdagi fikrlarini o‘zgartirishda ahamiyatlidir. Ayniqsa ona va bola salomatligi haqida so‘z borar ekan, albatta bu muammoni hal etish kelajak uchun naqadar muhim ekanligini hech inkor etmasligimiz lozim. Shakarning organizmga nojo‘ya ta’sirini o‘rganish bo‘yicha bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari shuni isbotlaydiki, shakarni ko‘p iste’mol qilish yurak tomir kasalliklarini kelib chiqishini tezlashtiradi. Bundan tashqari me’yoridan ortiq shakarni surunkali iste’mol qilish immun tizimni susayishiga olib keladi, hamda terining erta qarishini va elastikligi pasayishini, toshmalarni chaqiradi. Bu ma’lumotlar to‘planganidan so‘ng, shakarni “shirin zahar” deyish mumkin, chunki tozalangan shakar inson hayoti davomida uzoq muddat iste’mol qilinishi sekin astalik bilan organizmga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Rafinatsiyalangan shakarni organizm hazm qilishi uchun ko‘p miqdorda kalsiy sarflaydi, bu o‘z navbatida suyaklardan kalsiyning so‘rilib ketishiga olib keladi va osteoporoz chaqiradi, buning oqibatida suyaklar sinishga moyil bo‘ladi, hamda tish emali yemirilishiga sabab bo‘ladi. Darhaqiqat shirinliklar ko‘p iste’mol qilgan bolalarda tish kariyesi juda ko‘p uchrashi hammamizga ayon. Shakar tishlarga yopishib oladi va tish emalini buzadi, bu og‘riq chaqiradi. Shu bilan birga og‘izda kislotalikni oshiradi, bu og‘izda kasallik chaqiruvchi mikroblarni ko‘payishiga olib keladi. Demak, og‘iz bo‘shlig‘ida doimo kasallik chaqiruvchi bakteriyalar uchun tayyor ozuqa muhiti bor, ayniqsa muhim himoya vazifasini bajaruvchi murtak va bodomcha bezlari ham zararlanadi. Bodomcha bezlar tez kasallikka chalinadi va angina rivojlanadi, uning takrorlanishi bodomcha va boshqa bezlarning kattalashuviga olib keladi, oqibatda surunkali tonzillit va adenoidlar rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi. Doimiy ravishda shakarli shirinliklarni bolalar juda xush ko‘rishadi va unga ko‘nikib qolishlari mumkin. Shakarli shirinliklarni bolalar ko‘p iste’mol qilishlari ishtahaning pasayishiga olib keladi va bolalar ovqat yeyishdan bosh tortishadi. Ko‘pchilik hollarda onalar bolalarining ovqat yemasliklarini va ovqat yeyishga majburlashlarini aytib shikoyat qiladilar, buning asosiy sababi ovqatdan oldin konfet, shakar yoki boshqa shirinliklar iste’mol qilish oqibati bo‘lishini esdan chiqarmasligimiz kerak. Shuni aytish joizki, xalqimizda ayrim noto‘g‘ri fikrlar mavjudki, bu onalar va bolalar salomatligiga ta’sir ko‘satmasdan qolmaydi, ya’ni shakar yoki navvotni iste’mol qilish “kuchni oshiradi va qonni ko‘paytiradi” degan fikrni ko‘pchilik aytishadi, bu esa noto‘g‘ri xulosa. Chunki, birinchidan, novvot va shakar tarkibida qonni ko‘patiradigan mikroelementlar umuman yo‘q, ikkinchidan shakar va shakarli shirinliklar iste’mol qilinganda boshqa oshqozon shirasi ishlab chiqarish keskin kamayadi va ishtaha bo‘g‘iladi. Tabiiyki, bunday sharoitda ovqat tarkibida bo‘lgan temir moddasi yaxshi so‘rilmaydigan holatga kelib qoladi, temir bilan birga boshqa mikroelementlar va vitaminlar so‘rilishi ham kamayishi kamqonlik kelib chiqishining asosiy sabablardan sanaladi. Darhaqiqat, shirinlik ko‘p iste’mol qiladigan onalar va bolalarda kamqonlik ko‘p uchrashini biz tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar isbotlaydi. Foto: Pinterest Organizm va miya tom ma’noda refleksga o‘rgangan, qancha ko‘p shirinlik iste’mol qilinsa, unga nisbatan ko‘proq ishtiyoq paydo bo‘laveradi. Qolaversa, kunlik glyukoza normasi shakardan emas, balki don, sabzavot va mevalardan olinadi. Ammo un mahsulotlarini tamoman ratsiondan chiqarishning imkoni bo‘lmasa, javdar noni bilan almashtirish mumkin. Shakar esa juda ko‘p mahsulotlar tarkibida yashiringan: gazli ichimlik, sirop, qahva, souslar, fastfud taomlari va yarim tayyor mahsulotlar. Non, bulochka, pirog, keks va makaron mahsulotlari esa unni o‘z ichiga oladi. Bularning barchasini ratsiondan chiqarib tashlash esa unchalik ham oson emas. Har bir inson kamida bir marta bu zararli mahsulotlardan voz kechish haqida o‘ylaydi. Ammo bir oy davomida shakar va un mahsulotlaridan voz kechgan odamning natijalaridan boshqa hech narsa bunga undamaydi. Keling, un va shakar iste’mol ilmaganda, organizmda nima sodir bo‘lishini ko‘rib chiqaylik. Download 139.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling