O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ekspertning (ekspertlar komissiyasining) xulosasi


Download 284.5 Kb.
bet41/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

98-modda. Ekspertning (ekspertlar komissiyasining) xulosasi
Ekspert (ekspertlar komissiyasi) tekshirishlarni o‘tkazib bo‘lganidan keyin tegishincha ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir ekspert imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.
Sud ekspertga o‘z xulosasini og‘zaki tushuntirib berishni taklif qilish huquqiga ega. Og‘zaki tushuntirish sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi, ekspertga o‘qib eshittiriladi va ekspert tomonidan imzolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 10-bandining to‘rtinchi xatboshisi.
Ekspertning (ekspertlar komissiyasining) xulosasida quyidagilar aks ettirilgan bo‘lishi kerak: ekspertiza o‘tkazilgan sana va joy; ekspertizaning o‘tkazilish asosi; ekspertizani tayinlagan sud to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ekspert to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, ma’lumoti, ixtisosligi, mehnat staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani o‘tkazish topshirilgan korxona, muassasa yoki tashkilot haqidagi ma’lumotlar; ekspert bila turib yolg‘on xulosa berganligi uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganligi; ekspert oldiga qo‘yilgan savollar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar; qo‘llanilgan usullar ko‘rsatilgan holda tekshirishlarning mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar ekspertiza ekspertlar komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, kim tomonidan o‘tkazilganligi; tekshirish natijalarining baholanishi, qo‘yilgan savollarga berilgan asoslantirilgan javoblar; ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan va ekspertning tashabbusiga ko‘ra aniqlangan holatlar.
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi. Tekshirishning olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilotda saqlanadi. Ular ekspertizani tayinlagan sudning talabiga binoan ishga qo‘shib qo‘yish uchun taqdim etiladi.
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi tekshirish davomida ma’lum bo‘lib qolsa, xulosa qo‘yilgan ayrim savollarga javob berishni rad etish asosini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Tekshirish tugaganidan so‘ng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari ekspertizani tayinlagan sudga yuboriladi.
Sudning ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasiga qo‘shilmaganligi ish bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv qarorida yoki ajrimda asoslab berilgan bo‘lishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 60, 240-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 01.06.2010-yildagi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi to‘rtinchi xatboshisi, 7-moddasi ikkinchi qismi, 10-moddasi beshinchi — sakkizinchi qismlari, 23, 24-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 26-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha ekspertiza tayinlash, o‘tkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarorining 14-bandi uchinchi xatboshisi, 17-bandi yettinchi xatboshisi, 18, 19, 21-bandlari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling