O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 284.5 Kb.
bet44/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

103-modda. Sud topshiriqlari
Ishni ko‘rayotgan sud dalillarni boshqa tumanda yoki shaharda to‘plash zarur bo‘lgan taqdirda, tegishli sudga muayyan protsessual harakatlarni amalga oshirishni topshiradi.
Sud topshirig‘i ajrim bilan rasmiylashtirilib, unda ko‘rib chiqilayotgan ishning mohiyati, aniqlanishi zarur bo‘lgan holatlar, topshiriqni bajaradigan sud to‘plashi lozim bo‘lgan dalillar ko‘rsatiladi. Bu ajrim qaysi sud nomiga yo‘llangan bo‘lsa, o‘sha sud uchun majburiy bo‘lib, o‘n besh kunlik muddat ichida bajarilishi kerak.
Sud topshirig‘i axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 104-moddasi, 117-moddasi 6-bandi, 118-moddasi 10-bandi, 204-moddasi 9-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 9, 11-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi o‘n birinchi xatboshisi, 16-bandi sakkizinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi.
104-modda. Sud topshirig‘ini bajarish tartibi
Sud topshirig‘ini bajarish ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga ko‘ra sud majlisida amalga oshiriladi. Ishda ishtirok etayotgan shaxslar majlisning vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmaganligi topshiriqni bajarishga to‘sqinlik qilmaydi.
Sud topshirig‘i tartibida taraflarning va uchinchi shaxslarning yoxud ular qonuniy vakillarining tushuntirishlari, guvohlarning ko‘rsatuvlari, yozma va ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechirish hamda tekshirish orqali aniqlanadigan faktik ma’lumotlar to‘planishi mumkin.
Bayonnomalar va sud topshirig‘ini bajarishda to‘plangan materiallar ishni ko‘rib chiqayotgan sudga darhol yuboriladi.
Agar sud topshirig‘ini bajarayotgan sudga tushuntirishlar yoki ko‘rsatuvlar bergan ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki guvohlar ishni ko‘rib chiqayotgan sudga kelsa, ular umumiy tartibda tushuntirishlar yoxud ko‘rsatuvlar beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 118-moddasi 10-bandi, 229 — 232-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisi, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1024-son qarori bilan tasdiqlangan Surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha topshiriqlarni ijro etish tartibi to‘g‘risida nizom.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling