O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
XAVFLI ISHLAB CHIQARISH OBYEKTLARINING SANOAT XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 29-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda
ma’qullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi (bundan
buyon matnda sanoat xavfsizligi deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni
tartibga solishdan
iborat.
Oldingi
tahrirga qarang.
2-modda. Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik
Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan
iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan
bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Sanoat xavfsizligi. Avariya va noxush hodisa
Sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli
ishlab chiqarish
obyektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik
holatidir.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish
obyektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va
(yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishidir.
Oldingi
tahrirga qarang.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi noxush hodisa xavfli ishlab
chiqarish obyektlarida
qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining ishdan chiqishi yoki shikastlanishi,
texnologiya jarayoni
rejimidan chetga chiqish, sanoat xavfsizligi sohasidagi
qonunchilik hujjatlarida, shuningdek,
normativ texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarning buzilishidir.
(3-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)